Kristofer Robert Evans haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Kristofer Robert Evans (1981-yil 13-iyunda tug’ilgan) — amerikalik aktyor, shoumen. 2000-yilda u bir necha filmidagi shu jumladan, «Other Teen Movie (2001)» va «Mukammal( 2004)» kabi filmlarda chiqish qildi. 2005-yilda u o’zining Marvel Komiksning » Fantastik To’rt» (2005) filmidagi Olov personajida ko’rinish berdi va 2007-yildagi «Fantastic Four: Rise of the Silver Surfer» filmida bu obrazni davom ettirdi. Bu filmlar bilan u xalq e’tiborini qozondi. Krisning yana bir roli «Kapitan Amerika» 2011-yilda Marvel Kino Olami(MKO)ga ilk qadam bo’ldi.Ayni damda uning qator ko’zga ko’ringan chiqishlari : «Kapitan Amerika»: Birinchi qasoskor (2011),Kapitan Amerika: Qishki askar (2014) va Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016) va «Qasoskorlar» (2012), Qasoskorlar: Altron Davri (2015), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Yakun (2019) blokbasterlari. Uning «Marvel» filmlar seriyasidagi faoliyati uni dunyodagi eng ko’p maosh oladigan aktyorlari qatoriga qo’shdi.

Оставьте комментарий