Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

DO`STLARGA ULASHING:

1.     Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan.
2.     Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat.
3.     Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina  bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu kichik kutubxonaga 40 tagacha bo’lgan kitoblarni joylashtirish imkoniyati bor, bu kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad bir xil sur`atda yashab kelayotgan shahar aholisini vaqtini unumli o’tkazish , shuningdek kitob o’qishga jalb qilish maqsadida barpo etilgan.
4.     Dunyoning eng baland kutubxonasi Xitoyning Shanxay shahridagi JW Marriott mehmonxonasining 60-chi qavatida  yerdan 230,9 m balandlikda joylashgan, u Ginnesning rekordlar kitobiga eng baland kutubxona sifatida kiritilgan.
5.     Birinchi kutubxona klassifikatsiya tizimi Han sulolasi davrida tashkil etilgan.
6.     Kewanee jamoat kutubxonasidan olingan she`riyatga oid bo’lgan “ Days and Deeds” kitobi kech  topshirilgani sababli 345,14 dollar (203,29 AQSh dollari)ga teng bo’lgan jarimaga tortilgan. Aslida 1955-yil 19-aprelda qaytarilishi kerak bo’lgan kitob 47 yildan so’ng kutubxonaga topshiriladi va dunyo bo’yicha eng katta jarima to`langan kitobga aylandi.
7.      Ginnesning rekordlar kitobi Injildan keyingi eng ko’p og’irlanadigan  kitobdir.
8.     1959- yilda bir necha kemalardan foydalanib birinchi suzuvchi kutubxona xizmati ishga tushirildi. 1963-yil Oma Yardida  uzunligi 24 metr bo’lgan kema ichida kutubxona tashkillashtirilgan. Kemaga Vinnes Skyssbatservice egalik qiladi va bu kutubxonadan yoz faslida sayyohlik safarlari uyishtirish maqsadida foydalaniladi.
9.     Norvegiyada kutubxonadan olingan kitoblarni istalgan boshqa kutubxonaga qaytarib topshirishingiz mumkin bo’ladi.
10.  Germaniyada san`at kutubxonalari bo’lib, u yerdan siz mahalliy rassomlar tomonidan chizilgan suratlarni 5 yevro evaziga bir necha oyga ijaraga olishingiz mumkin.
Tayyorladi: Muazzam Abduqahhorova
akt.uz

Оставьте комментарий