Luqmon Boʻrixon (1965)

DO`STLARGA ULASHING:

Luqmon Boʻrixon 1965 yilning 15 iyulida Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanining Yangiobod qishlogʻida tugʻildi. 23-oʻrta maktabni bitirgach, 1983–1985 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan soʻng “Turkiston”, “Maʼrifat” gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri oʻrinbosari vazifalarida xizmat qildi.
“Begimqul katta” hikoyasi “Yoshlik” (1987) jurnalida chop etilib, ustozlar nazariga tushdi. Birinchi hikoyalar toʻplami “Yalangoyoq” (1991) “Choʻlpon” nashriyotida chop etildi. “Jaziramadagi odamlar” romani ikki qayta (2005 va 2012) bosildi. “Sirli muallim” (2006) nomli qissasi oʻqituvchilar hayotidan olib yozilgan asar sifatida Xalq taʼlimi vazirligi tanlovida (2006) gʻolib deb topildi. Navbatdagi “Xizr koʻrgan yigit” (2007), “Temiryoʻl” (2009) romanlari ham muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Sermahsul ijodkorning “Tun qaʼridagi shuʼla” (2002) nomli qissa va hikoyalar toʻplami, “Buyuk ipak yoʻli” (2012) badiiy-publitsistik maqolalar toʻplami, “Quyosh hali botmagan” qissalar toʻplami nashr etildi.
Badiiy-publitsistik maqolalari uchun xalqaro “Oltin qalam” (2009) tanlovi gʻolibi boʻlgan Luqmon Boʻrixonning adabiyot sohasidagi xizmatlari munosib baholangan: 2007 yilda “Shuhrat” medali va 2012 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

19 комментариев к “Luqmon Boʻrixon (1965)”

  1. Уведомление: visit best shop shop

  2. Уведомление: devops advice

  3. Уведомление: DevOps Solutions

  4. Уведомление: handyman

  5. Уведомление: 이천반영구

  6. Уведомление: lsd blotters colorado,

  7. Уведомление: carpet cleaning near rickmansworth

  8. Уведомление: Study in Africa

  9. Уведомление: look what i found

  10. Уведомление: basil hayden kentucky straight bourbon whiskey

  11. Уведомление: my link

  12. Уведомление: Where to buy DMT Melbourne

  13. Уведомление: Ufa191

  14. Уведомление: Free Adult Nude Cams

  15. Уведомление: contrato informática

  16. Уведомление: 테더판매

  17. Уведомление: 다시보기 사이트

  18. Уведомление: ตารางบอล

  19. Уведомление: รับทำเว็บ WordPress

Комментарии закрыты.