“Mangu hilpira o’zbek bayrog’i”  ochiq ma’naviyat soati.

DO`STLARGA ULASHING:

“Mangu hilpira o’zbek bayrog’i”  ochiq ma’naviyat soati.
1 — O’quvchi:
Ey  jahon donolari, donosi sizga assalom
Ey zamon zebolari, zebosi sizga salom
Davramiz siz aziz do’stlar
Tilimizda jonkuyar aziz ustozlar
2 — O’quvchi:
Salom so’zim boshlayman
Cheksiz ehtirom bilan
Hurmat hissi yog’rilgan
She’riy bir kalom bilan
3 — O’quvchi:
Assalomu aleykum hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar. Mana bugun biz to’garak o’quvchilari  “Mangu hilpira o’zbek bayrog’i”   mavzusida ochiq ma’naviyat soati tayyorlab kelganmiz. Ma’naviyat soatini  ochiq deb e’lon qilamiz.
Yangi mavzu bayoni:
 
1 —   o’quvchi: Chetdan kelgan mehmon o’zbek yerida                  2 —   o’quvchi:
O’z bayrog’in ko’rib                                                                        So’ng dedi ishlarim
Birdan dong qotdi                                                                            Xayrli bo’lar
Ko’zlari chaqnadi                                                                            Omon bo’l, o’zbegim
Qaddin rostlandi                                                                              Yasha, beqayg’u
Go’yo uning uchun                                                                          Uning quvonchlari
Yangi tong ochdi                                                                             Qalbimga quchib,
“Salom, tug’im”- dedi                                                                      Tanamda uyg’ondi
Uzoq charchoqdan                                                                            Nurafshon tuyg’u
Kelib qolgan kabi                                                                         Ko’zlarim oldidan o’tdilar bir-bir
Birdan hushiga
Pichirlab nimadir
O’qida dilda
Quyosh chaqnab turgan
Kabi boshida
 
3 —   o’quvchi:
Sog’insak boqamiz
Moviy rangini
Yulduzlar eslatar
O’z osmonimizni
Oy ham yangidan
Bayroqqa payvanddir
Bizning jonimiz
Bunda hindu arab
Hatto bor hakas
O’zbekiston desak
Qilishar havas
Farangu olmondan
Do’stlarim talay
Mening bo’ylarim ham
Undan kam emas
4 —   o’quvchi:
Bilaman dunyoda
Vatanlar ko’pdir.
Har birin o’z yori
Border o’z nomi.
Jo’marddan deganing
Armoni yo’qdir,
Bayroqdan boshlansa
Vatan salomi
Balki bu so’zlarim
Sodda, odmiroq
E’tibor bermaymiz
Ba’zan o’zimiz
Bayrog’imiz doim
Bizdan jidinroq
Dunyoga tanitar
Yorug’ yuzimiz
5 —   o’quvchi:
Bayroq biror firqa, tashkilot, ummat, millat va uning  davlatining belgisidir. Bularning orasida millat uchun eng muhini va uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog’idir.
6 —   o’quvchi:
Davlat bayrog’i muqaddas hisoblanadi va uni e’zozlab asraladi. Uni behurmat qilishga yo’l qo’yilmaydi, chunki davlat bayrog’ini behurmat qilish, shu davlatning hamma aholisining behurmat qilish bilan tengdir.
7 —   o’quvchi:
 Bayroq odatda gazmol pardasidan iborat bo’lib, bo’yi enidan uzunroq bo’ladi va enining bir tarafi bir dastaga biriktiladi. Bayroqlar bir – biridan rangi va naqshlari bilan farq qiladi. Bizning ajdodimiz juda qadim zamonlardan boshlab o’zlarining bayroqlariga ega bo’lganlar.
Sahna ko’rinishi
  1 —   o’quvchi:
— Bolajonlar, hozir sizga bayrog’imizdagi ranglar oy va yulduzlar o’zlari haqida so’zlab berishadi. Marhamat, diqqat qiling, qulog’ingizga quyub oling.
2 —   o’quvchi:
— Men moviy rang bo’laman – yurt osmonining bir parchasi. Bu olamda tinchlik bo’lsin deganimdir. Yana men tip-tiniq suvgayam o’xshayman. Axir – hayot oqim daryo-da. Tilagim uning bag’ri hamisha shaffof bo’lsin. Hech qachon loyqalanmasin.
3 —   o’quvchi:
— Men qizil rang durman bamisoli tomirlarda oqqan toza qondurman. Hamma – hammani vatan bayrog’i ostida yashashga, mehnat qilishga, kurashishga chaqiraman.
4 —   o’quvchi:
— Men oq rang bo’laman. O’zim ham oq, ko’nglim  ham oq qilar ishlarim esa pok.shuning uchun ham maqtovim ko’proq, uzoq-uzoqlarni ko’rayin deb ega “oq yo’l” tilayin deb bayroqdan o’rin oldim va undan mangu qoldim.
5 —   o’quvchi:
— Men yashil rangdurman. U nima degani? Yashillik yasharish – yashnatish, ertangi kunga ishonish degani. Nonu – nasiba, sof ob – havo, sog’ – omonlik degani. Orzularim buyuk, yurt hamisha yashnab tursin. Dul – dul otdek kishnab tursin.
6 —   o’quvchi:
 — Oymomoman oymomo. Ertaklarga boy momo. Ko’rishim uch yoki to’rt kunlikdir. Niyatlarim odamlarga to’kinlikdir.
O’y so’rsalar o’ylariga  sirdoshdirman.
Yo’l yursalar yonlarida yo’ldoshdurman.
Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman
O’zbekiston sharafini olamlarga so’zlayman.
7 —   o’quvchi:
 — O’n ikki yulduz – o’z ikki oymiz. Jamlasangiz bir yilga joymiz. Kim qandoq yashadi, yaxshi, yomon? Hech ikkilanmay baholaymiz. Yana biz o’n ikki yulduz o’z ikki burjmiz. Oyu quyosh bilan harakatdamiz. Fasllar o’zgaradi.  Yangi kun, yangi odamlar tug’iladi. Barida ishtirokimiz bor. Biz aks etgan  yurt bayrog’i ham, o’zi ham dunyo turguncha tursin.
1 —   o’quvchi:
Ko’zlarga nur bag’ishlar
Respublikam bayrog’i
Osmoni keng musaffo
Vatan chaman har yog’i
Respublikam bayrog’i
2 —   o’quvchi:
Yo’ldoshdir yo’limiz
Parpirab qo’limizda
Mehri dillarda yashar
Surati ko’nglimizda
Respublikam bayrog’i
 
 
3 —   o’quvchi:
Porlasa turfa rangda
Quyosh deysiz qaranga
Zafarlarga chorlovchi
Respublikam bayrog’i
4 —   o’quvchi:
Tinchlik Mustaqillik bu
Bundan orzular kular
Kelajak yorqinlik bu
Respublikam bayrog’i
5 —   o’quvchi:
Bu shonli O’zbekiston
Baxtimiz bahorimiz
Nomi tillarda doston
Sharaf iftizorimiz
Respublikam bayrog’i
6 —   o’quvchi:
Havorang oq va yashil
Bordir qizil belbog’i
Shuning uchun chiroyli
O’zbekiston bayrog’i
7 —   o’quvchi:
 O’n ikki baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar
Unga dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar
8 —   o’quvchi:
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i
Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i
Qo’shiq:
 Hilpirar yurtimiz bayrog’i
Faxrimiz, davrimiz ardog’i
U edi dillarning armoni
Eltardi yillaning karvoni
N – T
Bu bayroq ishonchli qo’llarda
Manguga yilpirar yo’llarda
 Kunsayin chulg’anib nurlarga
Chorlaydi eng yorug’ kunlarga
Tez aytish.
Bahodir bayroqni botirga berdimi
Botir bayroqni bahodirga berdimi
Topishmoq.
U baxtimiz timsoli, quyosh kabi porlaydi
Xalqimizni doimo, zafarlarga chorlaydi
Shu bilan bugungi mavzuli davramiz o’z nihoyasiga yetdi.

Оставьте комментарий