Marmar keksi

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 2 stakan un, 3 dona tuxum, 1/3 stakan shakar, 2 stakan smetana, 2/3 stakan quyiltirilgan sut, 120 gr. o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq kakao, 100 gr. shokolad, yong‘oq, qabartirgich(razri’xlitel) va qand upasi kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: tuxumni shakar bilan yaxshilab atalanadi. Alohida idishga smetana, quyiltirilgan sut va yog‘ solib atalaniladi. Tuxumli massa qo‘shilib un qabartirgich solib quyuq massa hosil qilinadi. So‘ngra uni ikkiga bo‘lib, birinchi massaga shokolad bilan kakao qo‘shiladi. Ikkinchi massaga esa yong‘oqni maydalab aralashtiriladi.

Keks qolipiga pergament qog‘ozi qo‘yib ikki xil massadan oz-ozdan solinadi. Qizigan gaz pechida 170 darajada 30-35 daqiqada pishirib olinadi. Pishgan keksga qand upasi sepib dasturxonga tortiladi.

 

Begoyim

soglom.uz/tavsiya/marmar-keksi/

Оставьте комментарий