Mavsumiy salat

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 400 gr. kartoshka, 200 gr. tovuq go‘shti, 3 dona sabzi, 1 bog‘dan ko‘k piyoz, petrushka, kashnich va shivit, 3 dona tuxum, 1 bog‘ salat bargi, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: tovuq go‘shti, sabzi va kartoshka somoncha shaklida, piyoz esa halqa ko‘rinishida to‘g‘raladi. So‘ngra har biri alohida o‘simlik yog‘ida tuz sepib, qovurib olinadi.

Salat barglarini likopchaga solib, chetlari ko‘tarib chiqiladi. Ichiga birinchi tovuq go‘shti, keyin sabzi, kartoshka, piyoz hamda mayonez solinadi. Qaynatilgan tuxumlar archilib, ularning oqidan sarig‘i ajratiladi. Oqini somoncha shaklida to‘g‘rab, salatga solinadi. Sarig‘ini ikki bo‘lakka ajratib, salatning ustidan quyiladi. Mayonezga maydalangan ko‘katlardan solib, salat yuzi bezatiladi.

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/mavsumiy-salat/

Оставьте комментарий