«Muhammad» ismining maʼnosi

DO`STLARGA ULASHING:

Har bir nomning maʼnosi va koʼtargan yuki boʼladi. Xoʼsh, biz sevgan «Muhammad» ismining maʼnosi nima?
«Muhammad»ning maʼnosi – toʼxtovsiz, tinimsiz, hamisha maqtaladigan, yaʼni maqtalaveradi, maqtalaveradi va yana maqtalaveradigan[1]. Maqtovga munosib sifatlari, maqtovli xislatlari, maqtovga loyiq amallari va taqdirlanarli ishlari juda ham koʼp, butun fazilatlar egasi.
«Муҳаммад» исмининг маъноси
«Муҳаммад» исмининг маъноси
Barcha paygʼambarlar maqtaladilar, ammo paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam toʼxtovsiz maqtaladilar. Barcha paygʼambarlarning maqtovga munosib sifatlari, maqtovli xislatlari, maqtovga loyiq amallari va taqdirlanarli ishlari mavjud, paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamniki esa hammasinikidan koʼra koʼproqdir. Barcha paygʼambarlar fazilat egalari boʼlib, ummatlariga namunaviy, ibratli, komil insonlar boʼlishgan, paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam esa oʼzlarida butun fazilatlarni jamlagan va qiyomatgacha keladigan butun insoniyat uchun eng mukammal goʼzal namunali zotdirlar [2].
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Аlbatta, mening va mendan oldingi paygʼambarlarning misoli, xuddi bir uyni yaxshilab, chiroyli qilib qurib, bir burchagida bir gʼishtning oʼrnini qoldirib qoʼygan kishiga oʼxshaydi. Odamlar uni aylanib koʼrib qoyil qolishadi va: «Mana shu gʼisht ham oʼrniga qoʼyilganida edi!» deyishadi. Men oʼsha gʼishtman, men paygʼambarlarning soʼnggisiman», dedilar [3].
Paygʼambarimizning yana bir ismlari «Аhmad»ning maʼnosi esa Аlloh taologa koʼproq hamd-maqtovlar aytuvchidir.
Barcha paygʼambarlar Аlloh taologa hamd-maqtovlar aytishgan, ammo paygʼambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ulardan koʼra koʼproq aytganlar.
«Muhammad» Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng buyuk va mashhur ismlaridir. Musulmon boʼlish uchun «Muhammad rasululloh» deyish kerak, ammo «Аhmad rasululloh» desa, kifoya qilmaydi [4].
[1] «Mavsuʼatud difoʼ ʼan Rosulillah» (2/276).
[2] Badriddin Аyniy Hanafiy, «Umdatul qoriy sharhu sahihil Buxoriy» (24/73); Muhammad ibn Аbdul Boqiy Zurqoniy, «Sharhuz Zurqoniy ʼala Muvattoil imom Molik» (4/558); Ibn Durayd, «Аl-ishtiqoq» (1/2) va boshqalar.
[3] Buxoriy, Muslim, Termiziy va boshqalar rivoyati.
[4] Muhammad ibn Yusuf Shomiy, «Subulul hudo var rashod fi siyrati xoyril ʼibod» (1/410).
siyrat.uz/maqola/69

15 комментариев к “«Muhammad» ismining maʼnosi”

  1. Уведомление: find out here now

  2. Уведомление: https://www.hornymilfchat.com/model/jackbox118-chaturbate-live-cam/

  3. Уведомление: go to

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: bullet journal template

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: cvv balance 1000$

  8. Уведомление: Alexa Nikolas divorced

  9. Уведомление: pour apprendre plus

  10. Уведомление: Jili slot

  11. Уведомление: Learn More Here

  12. Уведомление: doodlesofinstagram

  13. Уведомление: Buy DMT online New South Wales

  14. Уведомление: Darknet market links 2023 thank You!

  15. Уведомление: ufabtb

Комментарии закрыты.