Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi?

DO`STLARGA ULASHING:

❓Nega ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq umr koʻrishadi?

✍️ Ahadjon Abduxalilov

✅ Dunyo boʻyicha oʻrtacha umr koʻrish yoshi ayollarda erkaklarga qaraganda sezilarli darajada yuqori. Tibbiyot jihatdan ham qiz bolalar yashovchan hisoblanadi, buning bir qancha sabablari bor;

▪️ Zararli odatlar: Erkaklar orasida alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyish holati koʻp uchraydi.

▪️Genetik omil. Erkaklarning jinsiy hujayrasida bitta X xromosoma boʻlishi ikki jins vakillari uchun xos boʻlgan kasalliklarni ham erkaklarda koʻproq namoyon boʻlishiga olib keladi.

▪️ Endokrin omil. Yosh oʻtishi bilan erkaklarning asosiy gormoni testosteron va yogʻlar almashinuvi orasidagi jarayonlar erkaklarning ichki aʼzolari atrofida yogʻ toʻplanishiga sabab boʻladi. Bu esa hayot sifatiga taʼsir koʻrsatadi.

▪️ Stress. Odatda erkaklar oila boquvchisi sifatida hayotning katta qismini stressda oʻtkazadilar, bu ham bir qancha kasalliklarning paydo boʻlishiga olib keladi.

Manba (https://t.me/soglomhayotuz/2992)

Оставьте комментарий