Nikohsiz tugʼilgan qizga uylansa boʼladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Nikohsiz tug‘ilgan qizga uylansa yoki nikohsiz tug‘ilgan erkakka muslima qizning nikohlanishi joizmi? (Minhojiddin)

Javob: Nikohi harom qilingan ayollar ichida zinodan tug‘ilgan qiz zikr etilmagan. Demak, zinodan tug‘ilgan qizga uylansa bo‘ladi. Agar u muslima bo‘lsa, din-diyonatli, hayoli bo‘lsa, bunday qizga uylanishning hechqisi yo‘q.

Bunday holatda gunoh o‘sha qizning onasida va u bilan zino qilgan kimsada bo‘ladi. Onasi bir vaqtlar nafsining so‘ziga kirib, qilgan xatosi uchun qizi javobgar emas. Chunki, inson qaysi ota-onadan tug‘ilishini o‘zi hal qilmaydi. Unga qolsa, zinodan emas, eng pokiza nasabli, eng solih ota-onadan tug‘ilgan bo‘lardi. Shunday ekan, zinodan tug‘ilgan farzandlar malomat qilinmaydi.

Garchi ota-onasining bunday xatosi uchun farzand qonunan yoki shar’an javobgar bo‘lmasa ham ammo, hayot maydonida ba’zan istasa-istamasa javob berishga to‘g‘ri kelib qoladi. Ya’ni, insonning benikoh tug‘ilganligi ko‘p hollarda odamlar oldida boshi xam bo‘lishiga, qaddini tik tutolmasligiga sabab bo‘ladi. Turli ta’nayu malomatlar eshitishga ham to‘g‘ri keladi. Tahqiromuz muomalalarga duch keladi. Zero, insonning solihligi va taqvodorligi rizq kengayishi, salohiyat, ilm, iqtidor va taqvo kabi ijobiy ko‘rinishlarda uning zurriyotlarida o‘z ifodasini topgani kabi fisqu fujur va harom yurish kabi razolatlar ham zurriyotlarga salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu bois ham ba’zi ulamolar benikoh tug‘ilgan odam shar’iy nikoh orqali tug‘ilgan insondek ko‘plab fazilatlar orttira olmaydi, kamolot kasb etishi qiyin bo‘ladi, deb aytganlar. Shuning o‘zi kishidagi salohiyat yoki yomonlikning avlod va zurriyotga o‘zining ijobiy yoki salbiy natijasi bilan tarqalishiga dalolat qiladi.

Shuningdek, ba’zi ulamolar nasabi pok qiz turganda zinodan tug‘ilgan qizga uylanish makruhligini aytishgan ekan. Vallohu a’lam!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li (muxlis.uz)

1 комментарий к “Nikohsiz tugʼilgan qizga uylansa boʼladimi?”

  1. Пингбэк: DevOps Solutions & Services

Комментарии закрыты.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek