Olmali shirinlik

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 500 gr. xamir, 2 dona olma, 100 gr. shakar, 50 gr. sariyog‘, 1 dona tuxum, ½ osh qoshiq vanilin kerak bo‘ladi.


Tayyorlanishi: olmalarni mayda to‘rtburchak shakilda to‘g‘rab olinadi. Tovaga sariyog‘ solib eritilib olma, shakar va vanilin solib aralashtiriladi. Past olovga 5-7 daqiqaga qo‘yiladi. Xamirni 5 mm. qalinlikda yoyib 5-10 sm. to‘rburchak shakilda kesib chiqiladi. Xamir ichiga nachinkadan bir osh qoshiqda solib chetlari berkitilib sanchiq bilan bezatiladi.  Ustiga tuxum sarig‘i surtilib qizigan gaz pechiga 15-20 daqiqaga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!

BEGOYIM

soglom.uz/tavsiya/olmali-shirinlik/

Оставьте комментарий