Oq va qizil isitma nima oʻzi? Qaysi biri xavfli?

DO`STLARGA ULASHING:

Oq va qizil isitma nima oʻzi? Qaysi biri xavfli?

🛑QIZIL ISITMA — bunda tashqi koʻrinishidan isitma yaqqol bilinib turadi. Yuz, qoʻl va oyoqlar uchigacha issiq, yuzlar qizargan boʻladi.

⭕️OQ ISITMA — bunda bir qarashda normal holatdagiday koʻrinadi, ammo, qoʻltiq ostida tana harorati oʻlchanganda tana harorati normal koʻrsatkichdan oshib ketgan boʻladi. Yuzlar, qoʻl va oyoqlar ushlab koʻrilganda esa harorat doimgiday boʻladi.

❗️QAYSI BIRI XAVFLI?
Albatta bu yerda OQ ISITMA xavfli hisoblanadi.
Birinchidan, ota-onalar bolaning faqat yuzi, qoʻl yoki oyogʻini ushlab koʻrib isitma yoʻq degan xulosaga kelishadi va eʼtiborsiz qoldirishadi.
Ikkinchidan, odatda, shifokorlar isitma 38C gacha boʻlsa, xavfli emasligini, bu organizmning antigenlarga qarshi tabiiy reaksiyasi deb tavsiya berishadi. Bu holat faqat qizil isitma holatidagina amal qilsa boʻladigan holat. Agar, oq isitma boʻlsa va bola tana harorati oʻlchanganda 38C gacha boʻlsa, bu xavfli hisoblanadi. Chunki, isitma qoʻl va oyoqlarga yaʼni tananing uchki qismlarigacha yetib borgunicha ham hali koʻtariladi.

XULOSA SHUKI, har qanday vaziyatda ham bolangizning tana haroratini oʻlchab koʻrishdan erinmang.

@Bolalarshifokori1

Оставьте комментарий