Oshqozon-ichak tizimiga zarar yetkazadigan mahsulotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Oshqozon-ichak tizimiga zarar yetkazadigan mahsulotlar

Glyuten

Glyuten donli, bug‘doy va arpa singari mahsulotlar tarkibida bisyor bo‘ladi. Aksariyat odamlarda glyuten oson hazm bo‘ladi va hech qanday salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi, ammo ayrimlarning organizmni uni qabul qila olmasligi, bundan bexabar insonning glyutenli mahsulotlarni kanda qilmasligi esa yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, charchoq, qorin shishishi, qabziyat va vazn yo‘qotish ham kuzatilishi mumkin. Glyutensiz parhez organizmni shlak va toksinlardan tozalashga qaratilgan bo‘ladi. Ammo donli mahsulotlarda glyutendan tashqari, kletchatka, B vitamini, temir, magniy bo‘lgani sabab ham ushbu foydali modda va vitaminlarni boshqa mahsulotlardan olishga harakat qilish kerak. Grechka, guruch, kinoa singari mahsulotlar bu borada yaxshi samara beradi.

Laktoza

Laktoza hayvon suti tarkibidagi «sutli shakar» hisoblanadi. Sut iste’mol qilgandan keyin organizmda laktoza so‘rilishidan avval uni parchalaydigan laktaz va ferment ishlab chiqariladi. Laktozani organizmi qabul qilmaydigan ayrim insonlarda, ingichka ichakda ishlab chiqariladigan laktaz yetishmaydi. Bunda qorin dam bo‘lishi va og‘riqqa sezuvchanlikning ortishi singari holatlar kuzatiladi. Verba Mayr mutaxassislari oddiy sut mahsulotlarini laktozasiz yoki o‘simlik suti mahsulotlariga almashtirishni tavsiya qiladi.

Fruktoza

Aksariyat meva, rezavor va asal tarkibida bo‘ladigan monosaxarid hisoblanadigan fruktoza odamni bir zumda energiyaga to‘la bo‘lishi, kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. Ammo uni haddan ortiq iste’mol qilish diareya, vazn ortishi, qandli diabet va jigar kasalliklariga olib kelishi mumkin. Parhezshunoslar 40 gramm fruktoza bir kunlik me’yor ekanini ta’kidlaydi. Qandli diabetning kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun ratsionda tarkibida fruktoza bisyor bo‘lgan meva va shirinliklar me’yorda bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Bu organizmdagi yallig‘lanish jarayonlari va allergiyaning kamayishiga yordam beradi.

@doridarmonlar

Оставьте комментарий