O‘zbekiston OTMlariga o‘rtacha kirish ballari (2020-2021)

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekiston OTMlariga o‘rtacha kirish ballari (2020-2021)

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, respublika OTMlari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilingan. Bu 2019-2020 qabul yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p.

Shundan:

davlat granti asosida — 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1 foizi) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);
to‘lov-kontrakt asosida — 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9 foizi) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etilgan.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha o‘tish bali — 133,3 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha o‘tish bali — 110,6 ballni tashkil etdi.

Оставьте комментарий