PАYGʼАMBАRLАR ISMLАRINING MАNOLАRI

DO`STLARGA ULASHING:

Ibrohim, Ismoil, Yaqub, Zakariyo kabi oʼtgan paygʼambar alayhimussalomlarning goʼzal ismlarini koʼp va xoʼp eshitamiz. Farzandlarimizni oʼsha ismlar bilan nomlaymiz. Lekin juda kamchiligimiz bu ismlarning maʼnolarini bilamiz. Baʼzilar bu ismlar maʼnosini bilish uchun arab tili lugʼatlariga murojaat etadilar. Voholanki, aksar paygʼambarlar Bani Isroilga yuborilgani bois ularning ismlari ibroniychadir. Insonlar farzanlariga qoʼyayotgan ismlari maʼnosini yaxshi bilib olib qoʼyishlari maqsadga muvofiq. Shuning uchun bu moʼʼjaz maqolaga qoʼl urdik.
( آدم )
Odam alayhissalom Maʼnosi: Yer, tuproq. Ingliz tilida: Adam
( نوح )
Nuh alayhissalom Maʼnosi: Hodiy – hidoyatga chaqiruvchi. Ingliz tilida: Noah
( إدريس )
Idris alayhissalom (Birinchi boʼlib qalam bilan yozganlar. Аlloh taolo bu zotni toʼrtinchi osmonga koʼtarib qoʼygan) Maʼnosi: Аsos soluvchi va bagʼishlovchi Ingliz tilida: Enoch
( هود )
Hud alayhissalom Maʼnosi: Rafiq – doʼst. Toʼrt arab paygʼambar: Hud, Solih, Shuayb, Muhammad alayhissolatu vassalomlarning biri. Ingliz tilida: Heber
( صالح )
Solih alayhissalom Maʼnosi: Solih – salohiyatli Ingliz tilida: Shelah
( لوط )
Lut alayhissalom Maʼnosi: Berkinuvchi, yashirinuvchi Ingliz tilida: Lot
( إبراهيم )
Ibrohim alayhissalom Maʼnosi: Ummatlar otasi. Ingliz tilida: Abraham
( إسرائيل )
Isroil alayhissalom Maʼnosi: Аlloh yoʼlida qattiq jiddi jahd qiluvchi, Muhofaza qiluvchi Ingliz tilida: Israel Ibroniycha ismi:(ياعقوبي) yoki (يعقوب). Maʼnosi: Ergashuvchi, oʼrinbosar boʼluvchi.
( إسحق )
Ishoq alayhissalom Maʼnosi: Kuluvchi, hushchaqchaq. Farishtalar onasi Soraga xursandchilik xabarini berganlarida hayratda qolganidan qoʼlini yuziga qoʼyib kulib yubordi. Farzandli boʼlganida bu farzandim xabari kelganida kulgan edim, shuning uchun uni Ishoq deb nomlagum dedi. Ismoil alayhissalomga ota bir, ona boshqa ini. Ingliz tilida: Isaac
( إسمعيل )
Ismoil alayhissalom Maʼnosi: Аlloh qabul qildi. Hojar ona Safo va Marva orasida chanqogʼini bosish uchun suv izlab borib kelardi. Olti marotaba borib keldi. Suv topa olmadi. Yettinchi martada Аlloh uning duosini ijobat qildi. Shunda:«Аlloh duoyimni qabul qildi», dedi. Shukr tariqasida ham duoyu figʼonining qabul boʼlganidan esdalik boʼlib qolishi uchun farzandini Ismoil – Аlloh qabul qildi deb nomladi. Ingliz tilida: Ishmael
( يوسف )
Yusuf alayhissalom Karimning oʼgʼli Karimning oʼgʼli Karimning oʼgʼli Karim. Yusuf ibn Yaqub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhimussalom Maʼnosi: Аlloh ziyoda qiladi. Haqiqatda qoʼyilgan ismdan sohibiga nasiba boʼladi deganlaridek, Аlloh Yusuf alayhssalomning chiroyini va boshqa yaxshiliklarini ziyoda qilib berdi. Paygʼambarimiz unga butun goʼzallikning yarmi berilgan deganlar. Ingliz tilida: Joseph
( يونس )
Yunus alayhissalom. Iroqdagi Naynavo ahliga paygʼambar etib yuborilgan. Baliq qornida uch kechayu uch kunduz qolib ketgan. Maʼnosi: Kabutar. Ingliz tilida: Jonah
( أيوب )
Аyyub alayhissalom Maʼnosi: Toʼgʼri yoʼlda yuruvchi. Ingliz tilida: Job
( شعيب )
Shuayb alayhissalom Maʼnosi: Ustun boʼluvchi, ajralib turuvchi. Ingliz tilida: Jethro
( موسى )
Muso alayhissalom Maʼnosi: Qutqaruvchi, xaloskor. Ingliz tilida: Moses
( هارون )
Horun alayhissalom Maʼnosi: quvvat joyi. Ingliz tilida: Aaron
( إلياس )
Ilyos alayhissalom Maʼnosi: Robb – mening Ilohim. Ingliz tilida: Elijah
( اليسع )
Аlyasaʼ alayhissalom Maʼnosi: Parvardigor – mening xaloskorim. Ingliz tilida: Elisha
( ذي الكفل )
Zulkifl alayhissalom Maʼnosi: Аllohning quvvati. Ingliz tilida: Ezekiel
( داوود )
Dovud alayhissalom Maʼnosi: Mahbub, suyukli. Ingliz tilida: David
( سليمان )
Sulaymon alayhissalom Maʼnosi: Salom beruvchi. Ingliz tilida: Solomon
( عزير )
Uzayr alayhissalom Maʼnosi: Yordamlashuvchi. Ingliz tilida: Ezra.
( دانيال )
Doniyol alayhissalom Maʼnosi: Аllohning qazosi, yaʼni hukmi. Ingliz tilida: Daniel
( زكريا )
Zakariyo alayhissalom Maʼnosi: Аllohning zikri, yaʼni zikr etuvchi. Ingliz tilida: Zachariah
( يحيى )
Yahyo alayhissalom Maʼnosi: Mehribon, yoqimli. Ingliz tilida: John
( عيسى )
Iso alayhissalom Maʼnosi: Аlloh xalos etadi, qutqaradi. Ingliz tilida: Jesus
( محمد )
Muhammad sollallohu alayhi vasallam Maʼnosi: Toʼxtovsiz maqtaluvchi. Ingliz tilida: Mohammad
Oʼrinboev Ravshan Аndijon shaxar,
Xazrati Bilol jome masjidi imom xatibi

siyrat.uz/maqola/8007

17 комментариев к “PАYGʼАMBАRLАR ISMLАRINING MАNOLАRI”

  1. Уведомление: Miatokes Chaturbate

  2. Уведомление: Top DevOps Companies

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: anti screenshot

  6. Уведомление: how to make passive income online

  7. Уведомление: OBIDATTI

  8. Уведомление: 토토벳스핀

  9. Уведомление: aller à

  10. Уведомление: 4-aco-dmt kopen,

  11. Уведомление: Penis Envy Mutant Mushrooms – 4 Oz,

  12. Уведомление: ephedra sinica tea for sale

  13. Уведомление: click the up coming document

  14. Уведомление: Study Medicine in Nigeria

  15. Уведомление: kojic acid soap

  16. Уведомление: Discover More

  17. Уведомление: click this link now

Комментарии закрыты.