Tanzaniya Birlashgan Respublikasi

Maydoni: 945 203 kv.km. Aholisi: qirq uch milyondan ortiq. Poytaxti: Dodoma shahri. Tuzumi: respublika. Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 26 ta viloyat – mkoaga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Dorussalom, Bukoba, Morogoro, Dodoma, Arusha. Pul birligi: tanzaniya shillingi. Jugʻrofiy oʻrni. Sharqiy Afrikada joylashgan. Shimolda Keniya va Uganda, gʻarbda Ruanda, Brundi va Kongo Demokratik Respublikasi, janubda Zambiya, Malavi va Mozambik bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasini Hind okeani yuvib turadi. […]

Tanzaniya Birlashgan Respublikasi Читать дальше »

Antarktidami, Antarktika?

Janubiy yarim sharda joylashgan qitʼaning nomini koʻpchilik chalkashtirib yuboradi. Chunki Antarktida va Antarktika nomlaring talaffuzi bir-biriga uyqash, maʼnosi ham bir-biriga yaqin. Biroq ular alohida tushuncha. Antarktida – Yerning eng janubiy qismida joylashgan materik, uning markazi taqriban janubiy geografik qutbga toʻgʻri keladi. Antarktidani Janubiy okean (avvallari bu okean Hind, Tinch va Atlantika okeanining bir qismi deb hisoblangan)

Antarktidami, Antarktika? Читать дальше »

Ertaklarning qanday foydasi bor?

Dunyoda milliy ertagi boʻlmagan xalq-elatning oʻzi boʻlmasa kerak. Deyarli hammamiz bobo-buvilarimiz, ota-onalarimiz, aka-opalarimiz yoki oʻqituvchilarimizdan ertak eshitib ulgʻayganmiz. Hech boʻlmaganda kitoblardan oʻqiganmiz. Aniq esimda. Uch-toʻrt yoshlarimda dadam rasmli ertak kitob olib kelib bergan edi. Yozuvi yoʻq, faqat rasm. Ayam undan ertak toʻqib bergan, men esa undagi voqealar va qahramonlarni oʻzimcha tasavvur qilardim. Oʻsha ertaklar dunyosida

Ertaklarning qanday foydasi bor? Читать дальше »

Dunyo masjidlari

Qohiradagi Hasan masjidi (1356 – 1363 yillar) Qohira markazida joylashgan Sulton Hasan masjidi oʻrta asrlarga oid asosiy meʼmorlik yodgorliklardan biridir. Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi binodan masjid, madrasa va boshqa xonalar oʻrin olgan. Majmuani shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon choʻzilgan tosh devor oʻrab turadi. Bir qancha koʻp qavatli minoralar qad rostlagan. Bino qurilgan paytda ular toʻrtta boʻlgan. Old tomonda

Dunyo masjidlari Читать дальше »

Tuya suvsizlikka qanday chiday oladi?

Hali mashina, samolyot kabi texnikalar kashf etilmasdan ilgari, juda qadim zamonlardan boshlab odamlar Osiyo va Afrika choʻllarini tuyalarda kesib oʻtganlar. Shu sababli ham tuyalar koʻpincha “sahro kemalari” deb atalgan. Tuyaning oʻrkachi uzoq vaqt ovqat yemasdan va dam olmasdan yurishga imkon yaratadi. Agar oʻrkachda hech vaqo boʻlmasa xuddi boʻsh qopga oʻxshab osilib qoladi. Oʻrkachda suyaksiz, faqat

Tuya suvsizlikka qanday chiday oladi? Читать дальше »

Avstraliya Ittifoqi

Maydoni: 7 692 024 kv. km. Aholisi: 23 milliondan ortiq. Poytaxti: Kanberra shahri. Boshqaruv shakli: parlamentli monarxiya. Davlat boshligʻi: Buyuk Britaniya qirolichasi. Maʼmuriy tuzilishi: 6 ta shtat va 2 ta qitʼa hududiga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida. Pul birligi: avstraliya dollari. Jugʻrofiy oʻrni, tabiati. Janubiy yarimsharda joylashgan. Avstraliya qitʼasi, Tasmaniya oroli hamda Hind va Tinch ummonlaridagi bir nechta orolni egallagan. Maydoni

Avstraliya Ittifoqi Читать дальше »

Qanday choy ichgan maʼqul?

Ming aql oʻrgatmang odam baribir oʻzi xohlagan, oʻzi yoqtirgan odatga amal qilaveradi. Bu narsa choy ichishda ham yaqqol seziladi. Masalan, ayrim odamlar faqat qora choy ichadi, koʻk choy ichsa nimadir yetishmagandek tuyulaveradi. Xuddi tuzsiz ovqat yeganday koʻngli toʻlmaydi. Fargʻonada koʻproq koʻk choyni, Toshkentda esa qora choyni xush koʻrishadi. Bu, balki muhit yoki iqlim bilan bogʻliqdir.

Qanday choy ichgan maʼqul? Читать дальше »

Boshqirdiston Respublikasi

Maydoni:142 947 kv.km. Aholisi: toʻrt milyondan ortiq. Poytaxti: Ufa shahri. Tuzumi: respublika (Rossiya Federatsiyasi subʼyekti). Davlat boshligʻi: prezident. Maʼmuriy tuzilishi: 54 ta maʼmuriy tumanga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Ufa, Sterlitamak, Salavat, Neftekamsk. Pul birligi: rossiya rubli. Jugʻrofiy oʻrni. Boshqirdiston shimolda Perm va Sverdlovsk viloyatlari, sharqda Chelyabinsk viloyati, janubi-sharq, janub va janubi-gʻarbda Orenburg viloyati, gʻarbda Tatariston Respublikasi va shimoli-gʻarbda Udmurtiya Respublikasi bilan chegaradosh. Janubiy Ural, Uraloldi

Boshqirdiston Respublikasi Читать дальше »

“Oltin” Tilla probalar haqida batafsil

Oltin, pul, boylik tushunchalari bir-birini eslatadi. Masalan, oltin deganda katta boylik, koʻshku saroylar koʻz oldimizga keladi. Bu nodir metalni deyarli hammamiz koʻrganmiz, u bilan bogʻliq har xil voqealar, afsona, rivoyatlarni eshitganmiz. “Oltin” soʻzi quloqqa xush yoqadi, oʻziga ohanrabodek tortadi. Bu soʻz turkiycha “al” – qizil, xitoycha “tun”, “tung” soʻzlari qoʻshilishidan hosil boʻlgan. “Qizil mis” degan

“Oltin” Tilla probalar haqida batafsil Читать дальше »

Marokash Podshohligi

Maydoni: 446 550 kv. km. Aholisi: 32 600 000 dan ortiq. Poytaxti: Rabot shahri. Boshqaruv shakli: konstitutsiyali monarxiya. Davlat boshligʻi: qirol. Maʼmuriy tuzilishi: 16 ta viloyatga boʻlinadi. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Faʼs, Tanja. Pul birligi: marokash dirhami. Jugʻrofiy oʻrni, tabiati. Shimoliy Afrikada joylashgan. Shimoliy qirgʻoqlarini Oʻrtayer dengizi, gʻarbiy qirgʻoqlarini Atlantika ummoni suvlari yuvib turadi. Gibraltar boʻgʻozi Marokashni Yevropadan ajratib turadi. Sharqda va janubi-sharqda

Marokash Podshohligi Читать дальше »