Oʻlik dengiz oʻlikmi?

Oʻlik dengiz Falastin, Iordaniya va Isroil oʻrtasida joylashgan turgʻun shoʻr koʻldir. Uni arablar “Al-Bahr Al-Mayyit” – oʻlik dengiz, “Bahru Lut” – Lut dengizi, yahudiylar “Yam ha Melah” – tuz dengizi, “Yam ha Mavet” – oʻlik dengiz deb ataydi. Shuningdek, bu koʻlning “Asfalt dengizi”, “Saddum dengizi” kabi nomlari ham bor. Garchi dengiz deb atalsa-da, Oʻlik dengiz […]

Oʻlik dengiz oʻlikmi? Читать дальше »

Dunyoning eng ulkan jonivori

Olimlar juda qadim-qadim zamonlarda Yer yuzida dinozavrlar yashagan deb hisoblaydilar. Dinozavrlar hozirgi hayvonlardan bir qancha barobar katta boʻlgan. Lekin bugun Yer yuzidagi eng katta jonivor moviy polosatik hisoblanadi. Bu kitning rangi koʻk, qorin terisi qat-qat boʻlib buklangan-tirishgan holda boʻladi. Uzunligi 30 metr, ogʻirligi esa oʻrtacha 125 tonnani tashkil etadi. Ajablanarlisi, polosatikning kallasi tanasining deyarli uchdan

Dunyoning eng ulkan jonivori Читать дальше »

Eng qiyin til qaysi?

Maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzida 6809 ta til bor. Bu tillarga egalik qiluvchilarning aksariyati Afrika va Osiyoda. Tillarning ayrimlari rivojlanib, soʻzlashuvchilari soni koʻpayib boryapti. Ayrimlari esa, yoʻqolib ketish xavfi ostida. Til yashab qolishi uchun unda soʻzlashuvchilar soni kamida 100 ming kishi boʻlishi kerak. Hozir 400 ga yaqin til yoʻqolib borayotgan tillar safiga kiritilgan. Tillar oʻlishining asosiy

Eng qiyin til qaysi? Читать дальше »

Dunyoning yetti moʻjizasi

Bir maktabda “Dunyoning yetti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi. Oʻquvchilarga nimani moʻjiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi. Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi. Oʻqituvchi: “Senga koʻmaklashvoraymi, qizim?” deb soʻradi undan. Qizcha: “Dunyoda moʻjizalar shunaqangi koʻpligidan qaysi birini tanlashni bilmay koʻp oʻylandim”, deb javob berdi. Shunda ustozi: “Qani,

Dunyoning yetti moʻjizasi Читать дальше »

Stenford universiteti haqida

Katta yoshli erkak va ayol istiholali bir qiyofada universitet rektoratiga kirib keldi. Kiyimlarining rangi birmuncha oʻngigan, ohori toʻkilgan edi. Ularni koʻrgan kotiba sakrab oʻrnidan turdi-da, oldilarini toʻsdi. Qishloqiligi shundoq koʻrinib turgan bu kishilarning Harvard universitetida nima ishlari boʻlishi mumkin? Er rektor huzuriga kelishganini aytdi. Kotiba rektor bugun juda bandligini, hozir ularga vaqt ayira olmasligi tushuntirdi.

Stenford universiteti haqida Читать дальше »

Portugal xalq maqollari va matallaridan

Portugallar – Pireney yarimorolining gʻarbida yashovchi, Portugaliyaning tubjoy xalqi. Umumiy nufusi 31,2 milliondan ortiqroq. Asosiy qismi portugal tilida, bir qismi miranda tilida soʻzlashadi.   Ayrimlar ehson qilsa-da boyiydi, baʼzilar oʻgʻirlasa-da kambagʻallashadi. Bilim joy egallamaydi. Butunicha yutilgan luqma – boy berilgan taʼm. Boʻsh kalla – shaytonning ishxonasi. Gʻiybat koʻmirga oʻxshaydi, kuydirmasa, qorasi tegadi. Dangasa hamisha yoʻqchilikda yashaydi.

Portugal xalq maqollari va matallaridan Читать дальше »

Chex xalq maqollari va matallaridan

Chexlar – slavyan oilasiga mansub xalq. Chexiyaning asosiy aholisi. AQSH, Kanada, Germaniya, Isroil, Argentina, Buyuk Britaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Chex tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 10 milliondan ortiq.   Agar ahmoqlik ham kasallik boʻlganida, sen kechasi bilan dodlab chiqarding. Gʻazab ertaga qoldirish mumkin boʻlgan yagona narsadir. Yogʻimiz bor, lekin u mushuklar uchun emas.

Chex xalq maqollari va matallaridan Читать дальше »

Bolqor xalq maqollari va matallaridan

Bolqorlar – turkiy xalq. Asosan Shimoliy Kavkazda – Rossiyaning Kabarda-Bolqor, Qorachoy-Cherkes Respublikalari, Stavropol oʻlkasi va Moskva shahrida, shuningdek Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Ukraina, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Qorachoy-bolqor tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 130 ming atrofida.   Aql sabr beradi. Allohdan qoʻrqmagan odamdan uyalmas. Ahmoq bilan olishgan ham ahmoq. Yomon odam boyisa, qoʻshnisini sigʻdirmas. Yomon

Bolqor xalq maqollari va matallaridan Читать дальше »

Digor xalq maqollari va matallaridan

Digorlar – osetinlar guruhiga mansub xalq. Rossiyaning Shimoliy Osetiya, Kabarda-Bolqor Respublikalarida, Turkiya, Suriya va boshqa mamlakatlarda yashaydi. Eron tillar oilasiga mansub osetin tilining digor shevasida soʻzlashadi. Bu tilda soʻzlashuvchilar juda oz qolgan. Umumiy adadi ming kishidan kam.   Agar senga tanga soʻmday koʻrinmas ekan, boyimaysan. Beruvchi qoʻl oluvchi qoʻldir. Birga bir pud tuz yemaguningcha, odamning qandayligini

Digor xalq maqollari va matallaridan Читать дальше »

Italyan xalq maqollari va matallaridan

Italyanlar – roman guruhiga mansub xalq. Italiyaning asosiy aholisi. Braziliya, Argentina, AQSH, Venesuela, Kanada, Fransiya, Peru va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Italyan tilida soʻzlashadi. Umumiy adadi – 135 million atrofida. Aqlli odamning qoʻlidagi boʻhton dahshatli qurolga aylanadi. Bajarishni bilmagan buyurishni ham bilmaydi. Baxt uchun erkinlik va eng zarur narsalargina yetarli. Behuda kutishdan yomoni yoʻq. Birgina

Italyan xalq maqollari va matallaridan Читать дальше »