Rux — antioksidant

Kishi organizmida rux (tsink) moddasi tanqis boʼlsa avvalo koʼrish, hidlash, taʼm bilish, sezish qobiliyatlari izdan chiqadi. Bu esa oʼz navbatida ishtaha yoʼqolishiga, ovqat hazm qilishning buzilishiga, shapkoʼrlik va boshqa kasalliklarga olib kelishi mumkin. Tushkun kayfiyat, charchoq, hayotga boʼlgan qiziqishning soʼnishi rux yetishmasligining asosiy belgilaridir. Soch toʼkilishi, tirnoqlarda oq dogʼlar paydo boʼlishi, dermatit va yaralarning sekin […]

Rux — antioksidant Читать дальше »

Girudoterapiya

Tabobatda ishlatiladigan zuluklar maxsus biofabrikalarda yetishtirilib, ulardan faqat bir martagina foydalanish mumkin. Bunday zuluklar och holida ogʼirligi 2-5 grammni tashkil etadi. Uni bemor tanasiga qoʼyishdan oldin 3-4 oy och qoldiriladi. Taʼkidlash joizki, zuluklarning tishlari ostida girutin moddasi mavjud. Bu modda tanadagi aʼzolarga shifobaxsh taʼsir koʼrsatadi, asosan qonni suyultiradi. Tomirlardagi qonni kislorod bilan toʼyintirishdan tashqari yurakning

Girudoterapiya Читать дальше »

Sil: dardni erta aniqlash muhim

Аbu Аli ibn Sino tibbiy asarlaridan birida insonning salomatligi oʼz qoʼlida ekanligiga toʼxtalib, “Shabada esib turgan joyni maskan qil, boisi oʼpkangga toza havo yetib borsin, tutundan nafas olma, shunda sogʼlom boʼlasan, koʼzlaringni ham bugʼlardan asra” degan ekan. Shuningdek, Ibn Sino sil xastaligining yuqumliligini alohida taʼkidlab, bu dardga chalingan bemor boshqalar bilan muloqotda ehtiyot choralarini koʼrishi

Sil: dardni erta aniqlash muhim Читать дальше »

BOSh MIYaNING SURUNKАLI IShEMIYaSI (asosan keksalarda uchraydi)

Bosh miyada qon aylanishning surunkali yetishmovchiligi sababli rivojlanadigan va zoʼrayib boruvchi serebrovaskulyar kasallik hisoblangan miyaning surunkali ishemiyasi keksalarda uchraydigan asab tizimi xastaliklari ichida yuqori oʼrinni egallaydi. Bu xastalikka olib keluvchi omillar quyidagilar: qon tomir kasalliklari; surunkali gipoksiya; metabolik buzilishlar; somatik kasalliklar; turli intoksikatsiyalar. Bosh miyada mikrotsirkulyator buzilishlarga olib keluvchi etiologik omillar ichida arterial gipertenziya va

BOSh MIYaNING SURUNKАLI IShEMIYaSI (asosan keksalarda uchraydi) Читать дальше »

GESTАTsION DIАBET

Qandli diabet keng tarqalgan endokrin kasalliklardan biri. Bu xastalikning ikki turi (insulinga qaram boʼlgan) va (insulinga qaram boʼlmagan) farqlanadi. Аytish joizki, 80-90 foiz hollarda diabetning insulinga qaram boʼlmagan 2-turi uchraydi. Bu dardga yoshi 35-40 dan oshgan, aksari juda semirib ketgan kishilar koʼproq mubtalo boʼladi. Qandli diabetning ikkita asosiy turidan tashqari, gestatsion (yaʼni homiladorlik davridagi)diabet ham

GESTАTsION DIАBET Читать дальше »

TАLOQ KАSАLLАNSА

Qon yaratuvchi aʼzo hisoblangan taloq uzunchoq oval shaklida boʼlib, u qorin boʼshligʼida – chap biqinning 9 va 11-qovurgʼalari sohasida joylashgan. Taloq qonning biologik filьtridir. U qondagi yot elementlar (yaʼni bakteriyalar)ni hamda zararlangan eritrotsitlarni yoʼqotadi. Baʼzi qon kasalliklari (masalan trombotsitopenik purpura, ayrim nasliy gemolitik kamqonlik)da taloq faoliyati izdan chiqadi. Bunday vaqtda taloq jarrohlik usulida olib tashlanadi.

TАLOQ KАSАLLАNSА Читать дальше »

Sepsis

Sepsis yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infektsiya oʼchogʼidan qon oqimiga, limfa yoʼllariga, ulardan esa bemorning barcha toʼqima va aʼzolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infektsion kasallikdir. Infektsiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (masalan, chipqon, xoʼppoz, flegmona) sepsis manbai boʼlishi mumkin. Odatda stafilokokk, streptokokk, baʼzan pnevmokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi singari mikroblar ham sepsisni qoʼzgʼatadi. Аslida sepsis

Sepsis Читать дальше »

Parkinsonizm

1817 yili angliyalik vrach Jeyms Parkinson (1755-1824) “Titroq falajlik” deb nomlangan kichik bir asar yozadi. Bunda u oʼsha davrgacha nomaʼlum boʼlgan kasallik haqida soʼz yuritadi. Hamma gap shundaki, bu dardga uning oʼzi yoʼliqqan edi. U oʼzida kechayotgan kasallik belgilarini yon daftarchasiga yozib yuradi. Uning qoʼllari doimo titrar, boshi qaltirar va hali 60 yoshga ham yetmagan

Parkinsonizm Читать дальше »

Бош суяк остеомалари

Bosh suyak osteomalari xavfsiz, sekin oʼsuvchi suyak oʼsmasidir. Koʼpincha kantserogen moddalar, radiatsiya nurlari va nasliy omillar osteomalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bosh jarohatlanishi ham oradan yillar oʼtgach osteomaga sabab boʼladi. Kichik hajmdagi osteoma bemorni bezovta qilmaydi, ogʼriq deyarli sezilmaydi, lekin yillar oʼtgani sari oʼsma kattalashib, ogʼriq va shish hosil qiladi. Bunda oʼsma bosh miyani ezib qoʼyishi,

Бош суяк остеомалари Читать дальше »

Migren: xurujlar ovqatlanishga ham bogʼliq

Koʼp yillik kuzatuvlar natijasiga koʼra, ayollarning 18 foizi, erkaklarning esa 6 foizi migren bilan ogʼrib turadi. Vaqti-vaqti bilan migrenga qarshi koʼplab dori vositalari ham paydo boʼlmoqda. Lekin bu kasallik bilan kurashishda faqatgina dorilardan foydalanishning oʼzi kamlik qiladi. Migren xurujlarining oldini olish uchun ovqatlanish va turmush tarziga baʼzi oʼzgartirishlar kiritish ham kerak. Belgilariga ahamiyat bering Migren

Migren: xurujlar ovqatlanishga ham bogʼliq Читать дальше »