Orttirilgan endometrioz

Endometrioz (bachadon shilliq qavati boʼlmish endometriyning atrofdagi toʼqimalarga oʼsib kirishi) ayollar kasalliklari oʼrtasida uchrashi boʼyicha yuqoriroq oʼrinda turadi. Endometrioz koʼpincha orttirilgan boʼladi. Operatsiya vaqtida yoki qorin boʼshligʼi atrofida notoʼgʼri muolajalar oʼtkazilganda (masalan, shifokor ruxsatisiz qorin boʼshligʼini massaj qilishda, bugʼlash, issiqlik qilish va boshqalarda) endometriy joyidan koʼchib, tananing boshqa joyiga yoki jinsiy aʼzolarning boshqa qismiga tushadi […]

Orttirilgan endometrioz Читать дальше »

Ogʼiz boʼshligʼida muammo boʼlsa

Pastalarni toʼgʼri tanlang. Ftorli pastalar tarkibida ftorid mikroelementlari boʼlib, ular tish kariesining oldini olishda naf beradi. Ftoridlar tish emali bilan birikib, kislotalar taʼsiriga berilmaydigan moddaga aylanadi va tishlardagi kalьtsiy miqdorini oshiradi. Giyohli pastalar tarkibidagi biologik faol moddalar antiseptik va yalligʼlanishga qarshi xususiyatga ega. Аyniqsa 40 yoshdan oshganda paydo boʼladigan milk kasalliklari (gingivit yoki parodontit)dan qiynalayotgan

Ogʼiz boʼshligʼida muammo boʼlsa Читать дальше »

Botulizm: zaharlanishdan ehtiyot boʼling

Kuzatishlarga koʼra, bu kasallik asosan uy sharoitida tayyorlangan sabzavot marinadlarini (tuzlamalarni) isteʼmol qilish oqibatida kelib chiqadi. Buning sababi shundaki, sabzavotlar (masalan, bodring, pomidor, baqlajon singarilar) ning band qismiga tuproq orqali botulizm sporalari tushgan boʼlishi mumkin. Ular konservalanganda, idish ichidagi havosiz muhitda ana shu sporalar oʼzidan botulotoksin ajratib chiqaradi. Botulizm kasalligini aynan shu toksinlar keltirib chiqaradi.

Botulizm: zaharlanishdan ehtiyot boʼling Читать дальше »

Narkolepsiya (uyquchanlik)

Gʼalati holat… Koʼz oʼngingizda oʼtirgan bir odam kutilmaganda oʼzida qattiq charchoq sezadiyu shu zahoti qattiq uxlab qoladi! Hatto ayrim paytda tana mushaklari keskin boʼshashib yiqilib tushadi va shu zaylda uxlayveradi. Bu hol yarim yoki bir soat davom etadi, keyin bemor oʼz-oʼzidan uygʼonishi mumkin. Mutaxassis olimlar shu holatni narkolepsiya, yaʼni uyquchanlik deb atashadi. “Narkolepsiya bosh miya

Narkolepsiya (uyquchanlik) Читать дальше »

Sil

Kox tayoqchalari ishlab chiqargan toksinlar qon orqali butun organizmga tarqaladi va dastlab markaziy nerv tizimiga taʼsir etadi. Bemorning yurak urishi tezlashadi, meʼda osti bezlarining shira ishlab chiqarish xususiyati pasayadi. Shuning uchun bemorning yegan ovqati qiyin hazm boʼladi, ishtahasi yoʼqoladi. Ichki sekretsiya va jinsiy bezlarning faoliyati ham susayadi. Bularning hammasi organizmda modda almashinuvi buzilishiga sabab boʼladi.

Sil Читать дальше »

Hazm soz boʼlsin

Hazm qila olmaslik, odatda, haddan tashqari kech ovqatlanganda paydo boʼladi. Oʼringa yotgach, gorizontal holatda boʼlasiz va meʼda shirasi hazm boʼlmagan taom qoldiqlari bilan qiziloʼngachga qaytib tushadi. Hammasini oʼz oʼrniga keltirish uchun chap tomoningiz bilan yoting. Chunki oshqozon chap tomonda joylashgan. Koʼp ovqat yeb qoʼygandan soʼng meʼda sustligining oldini olish uchun yarim choy qoshiq olma sirkasi

Hazm soz boʼlsin Читать дальше »

Vitaminlar yetishmasa

Organizm meʼyoriy rivojlanishi uchun vitaminlarning ahamiyati katta. Har bir kishi vitamin tanqisligining oqibatlari va zarur vitaminlardan bilib foydalanish xususida yetarlicha maʼlumotga ega boʼlishi lozim. Vitamin А (retinol) koʼrish pigmentlari hosil boʼlishida qatnashib, koʼzning turli darajadagi yorugʼlik nuriga moslashishini taʼminlaydi. Bordiyu, organizmda retinol yetishmasa, dastlab qorongʼulikka moslashish buziladi, shabkoʼrlik va yorugʼga qaray olmaslik yuzaga keladi. Teri

Vitaminlar yetishmasa Читать дальше »

Qandli diabetda oyoqlar zararlanishi

Bemor oʼn besh-yigirma yildan ortiq vaqt qandli diabet bilan ogʼrisa, 80 foiz hollarda oyoq tomirlari zararlanishi mumkin. Bunday holatlarda jarrohlik amaliyoti oʼtkazish zarur boʼladi. Qandli diabetda oyoq kafti sindromi – patologik holat boʼlib, bunda tomir, teri, yumshoq toʼqimalar, suyaklar, boʼgʼimlarning periferik nervlari zararlanishi kuzatiladi. Koʼpincha suyak, boʼgʼim zararlanib yiringli nekrotik jarayonlar avj oladi. Shuningdek oyoqlarda

Qandli diabetda oyoqlar zararlanishi Читать дальше »

Qandli diabetda davolovchi mashqlar

Qandli diabet bilan ogʼriganda jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish ayniqsa zarurdir. Jismoniy mashqlar moddalar almashinuvining barcha turlariga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Muntazam jismoniy harakatlar bajarilganda insulin retseptorlarining sezgirligi ortadi, bu esa qon tarkibidagi shakar miqdori ozayishiga va insulin yoki shakar miqdorini ozaytiruvchi dorilarni kamroq ichishga olib keladi. Mashqlar bilan doimiy shugʼullanilganda organizmda oqsil almashinuvi yaxshilanadi, yogʼlarning parchalanishi

Qandli diabetda davolovchi mashqlar Читать дальше »

Oliy toifali urolog: Soʼrang, javob beramiz

Savollarga tibbiyot fanlari doktori, professor Mashkura Zohidova va oliy toifali urolog shifokor Аbduqodir Fozilovlar javob beradilar. Homiladorman, peshobimda oqsil borligi aniqlandi. Bu xavflimi? Nasiba, Аndijon viloyati. Tahlil natijalari oqsil borligini koʼrsatgan ekan, uni bartaraf etishga harakat qiling. Аvvalo buyraklarni ulьtratovush tekshiruvidan oʼtkazish lozim. Tekshiruv natijasida boshqa xavfli omillar (masalan uretrit, epiteliy hamda oksalat, leykotsit, fosfat

Oliy toifali urolog: Soʼrang, javob beramiz Читать дальше »