Hanzala ibn Abu Omir

 Tarixda «G‘asilul malaika» ya’ni farishtalar yuvintirgan inson nomli buyuk sahobiy o‘tganlar. Keling hozir mana shu buyuk inson bilan yaqindan tanishib olamiz. Bu zotning to‘liq ismlari Hanzala ibn Abu Omir ibn Soyfiy Al-ansoriy bo‘lib Avs qabilasidan edilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida o‘z qavmlari bilan birga Islomga kirganlar. Munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ibn Salulning […]

Hanzala ibn Abu Omir Читать дальше »

Hamza ibn Abdulmuttalib

«ALLOHNING ARSLONI VA MUJOHIDLAR SAYYIDI» Makka ahli sa’y-harakat, mehnat, ibodat va lag‘v − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk zavq va shavq bilan

Hamza ibn Abdulmuttalib Читать дальше »

Hakim ibn Hizom

Mo‘minlar onasi Xadicha binti Xuvaylidning jiyani Hakim ibn Hizom ibn Xuvaylid Ka’bai muazzama ichkarisida tug‘ilgan yagona insondir. * * * Hakim ibn Hizom obro‘li, badavlat oilada oqil, yaxshi xulqli bo‘lib ulg‘aydi. Qavmi uni hurmat qilib, rifodat (johiliya davrida muhtoj hojilarga ovqat ulashuvchi) mansabini berishgan edi. Hakim ibn Hizom Muhammad Rasululloh bilan payg‘ambarlik kelmasidan oldin qalin

Hakim ibn Hizom Читать дальше »

Habib ibn Zayd al-Ansoriy

Bu uyning har burchida imon va xotirjamlik hukm surar edi. Xonadon sohiblarining har biri din yo‘lida fidokorlik ko‘rsatadigan chin imonli kishilar edi. Habib ibn Zayd al-Ansoriy (Alloh undan rozi bo‘lsin) ham xuddi shu saodatmand xonadonda ulg‘aydi. Habibning otasi Zayd ibn Osim Yasribning ilk musulmonlaridan edi. U xotini va ikki o‘g‘li bilan Aqobada Rasulullohga (sollallohu alayhi

Habib ibn Zayd al-Ansoriy Читать дальше »

Furayha binti Molik

Fazilatli xonadon qizi Bu ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatlaridan bahramand bo‘lish sharafiga erishgan, ikki dunyo saodatini qo‘lga kiritgan, Allohga bergan ahdiga umr bo‘yi sodiq qolgan ulug‘ sahobiyalardan edi. Uning nasl-nasabi mashhur, o‘zi ansoriylardan edi. Ansoriylar makkalik muhojirlarni sevib qabul qilgan, ular muhtoj bo‘lib turishganida o‘zlaridagi bor narsani ular bilan baham ko‘rgan, uyining to‘ridan joy

Furayha binti Molik Читать дальше »

Fotima binti Yamon

Fotima binti Yamon Haybar va Tayma mavzelari orasida yashagan Bani Abs qabilasiga mansub. Otasining ismi Husayl. Akasi Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning sirdosh do‘stlari Huzayfa ibn Yamon. Aynan Huzayfa singlisining Islomga kirishiga sababchi bo‘lgan. Bu quyidagicha yuz bergan. Bani Abs qabilasidan bir nasroniy olim so‘nggi payg‘ambar kutilayotganini qabila a’zolariga so‘zlab bergan, barcha so‘nggi din va elchini kutayotgan edi.

Fotima binti Yamon Читать дальше »

Fotima binti Xattob

Payg’ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo’lganlar soni endi o’ntaga yetib qolgan. O’sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi. Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni

Fotima binti Xattob Читать дальше »

Fotima binti Muhammad s.a.v.

Hazrati Fotimaning (roziyallohu anhu) tavalludi butun Makkada katta shov-shuv bo‘lgan bir yuqea — Ka’baning qayta ta’mirlanish vaqtiga to‘g‘ri kelgan edi. O’shanda Hajarul asvadni o‘z o‘rniga qo‘yish borasida kutilmagan ixtilof chiqadi. Masala shu darajada jiddiylashadiki, hatto qabilalar to‘rt kun mobaynida o‘zaro urushga tayyorgarlik ham ko‘radilar. Bu vaziyat Makka peshvolarini qayg‘uga soladi. Nima bo‘lsa ham, mojaroni tinch

Fotima binti Muhammad s.a.v. Читать дальше »

Fotima binti Asad

Islomning ilk paytlaridayoq hidoyatga erishgan sahobiya ayollardan biri Fotima binti Asad (roziyallohu anho) edi. U Bani Hoshim avlodidan bo‘lib, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) amakilari va homiylari Abu Tolibning ayoli, Hazrati Alining onasi edi. Payg‘ambarimizning onalari va bobolari vafot etishgach, amakilari Abu Tolib u zotni tarbiyasiga oladi. Uning ayoli Fotima esa, kichkina Muhammadga u uylariga

Fotima binti Asad Читать дальше »

Dihyatul Kalbiy

To‘liq ismi: Dihya ibn Xalifa ibn Farva ibn Fazola Kalbiy Quzo’iy. Alloh taolo nabiylar va rasullarga vahiy eltish vazifasini yuklagan buyuk farishta Jabroil (alayhissalom) Payg‘ambarimiz huzuriga Dihya Kalbiyning (roziyallohu anhu) suratida kelar edi. Islomni qabul qilishi: Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Dihyaning Islomga kirishini juda xohlardilar. Chunki uning yetti yuzga yaqin qarindoshi bo‘lib, yaqinlari orasida ta’siri kuchli edi. Rasululloh (sollallohu

Dihyatul Kalbiy Читать дальше »