Maqsud Shayxzoda (1908–1967)

Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyoshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi. Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan oʻqidi va 1925 yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan shugʻullandi. Shayxzoda 1928 yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida, 1935–1938 yillarda […]

Maqsud Shayxzoda (1908–1967) Читать дальше »

Pirimqul Qodirov (1928–2010)

Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, oʻzbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov Turkiston tizma togʻining etaklaridagi Kengkoʻl degan qishloqda 1928 yilning 25 oktyabrida tugʻilgan. U asli oʻzbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xoʻjaligida, yoʻl qurilishi, soʻng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi. 1951 yili Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot

Pirimqul Qodirov (1928–2010) Читать дальше »

Poʻlat Moʻmin (1922–2003)

Poʻlat Moʻmin adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U oʻzining quvnoq sheʼrlari, zavqli qoʻshiqlari, qiziqarli dostonlari va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biriga aylangan edi. U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik qiladi. 1948–1950

Poʻlat Moʻmin (1922–2003) Читать дальше »

Abdulla Qahhor (1907–1968)

Oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qoʻqon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maʼlumotni Qoʻqonda olgan Abdulla 1925 yilda Toshkentga kelib, “Qizil Oʻzbekiston” gazetasida ishlaydi. U Oʻrta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi “Sovet adabiyoti” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954–1956). Abdulla Qahhorning ijodi

Abdulla Qahhor (1907–1968) Читать дальше »

Yusuf Xos Hojib (XI asr)

Yusuf Balasogʻuniy Yettisuv oʻlkasidagi Kuzoʻrda (Balasogʻun) shahrida 1016–1018 yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston oʻlkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qoʻl ostida edi. Bu sulola VI – IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari boʻlib, IX asr oʻrtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bugʻraxon (924–955) islom

Yusuf Xos Hojib (XI asr) Читать дальше »

Choʻlpon (1898–1938)

Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon 1898 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. Taniqli jurnalist va yozuvchi Moʻminjon Muhammadjonov “Turmush urinishlari” kitobida qayd etishicha, Choʻlponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus oʻgʻli (1874–1929) oʻz davrining yetuk ziyolisi, maʼrifatparvar kishisi boʻlgan. U “Rasvo” taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan, devon yaratgan. Choʻlpon avval

Choʻlpon (1898–1938) Читать дальше »

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892)

Oʻrta asrlarda yashagan koʻpgina olimlar ilm-fanning turli sohalariga oid dunyoviy fanlar bilan birga diniy ilmlar rivojiga ham katta eʼtibor berganlar. Zotan diniy ilmlar jamiyat taraqqiyotida, insonlarning kamol topishi va dunyoqarashi shakllanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri – mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning toʻliq

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892) Читать дальше »

Said Ahmad (1920–2007)

Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili oʻrta maktabni, 1941 yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi. Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 yilda nashr etiladi. Urush

Said Ahmad (1920–2007) Читать дальше »

Erkin Vohidov (1936–2016)

Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi. Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya

Erkin Vohidov (1936–2016) Читать дальше »

Sharof Rashidov (1917–1983)

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. Oʻrta maktabda dastlabki maʼlumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida oʻqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soʻng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947

Sharof Rashidov (1917–1983) Читать дальше »