DO`STLARGA ULASHING:
Pikovit sirop
#Пиковит сироп
?DORI SHAKLI ?
sirop — 150 ml hajmda chiqadi.
?TARKIBI ?
Vitaminkompleks vosita. Tarkibini tepadagi ☝rasmda ko’rasiz .
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Vitaminlar. Polivitaminlar.
?QO’LLANILISHI ?
— Pikovit siropi profilaktik vosita sifatida bolalar uchun moʻljallangan boʻlib , vitamin organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.
— Ishtaha boʻlmaganda yosh bolalarga buyuriladi.
— Organizmni infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun.
— Oʻ’tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida buyuriladi.
— Jismoniy rivojlanish yetarli boʻlmaganda , oʻsishni orqada qolishida buyuriladi.
— Kundalik ovqat tarkibida vitamin preparati sifatida, ayniqsa qishki va bahorgi davrlarda buyuriladi.
— Maktab yoshidagi bolalarda yuqori jismoniy va nerv-psixik yuklamalarda buyiriladi.
— Antibiotiklar qoʻllanganda majmuaviy davolashda qoʻllaniladi
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Pikovit sirop ichga qabul qilinadi.
1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 2-marta buyuriladi.
4 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3-marta buyuriladi.
7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 choy qoshiqdan (5 ml) sirop sutkada 3-marta buyuriladi, maksimal – sutkada 4-marta.
Siropni qoshiqchada yoki choy, sharbat yoki meva pyuresi bilan aralashtirib berish mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Ishtaha boʻlmaganda siropni har kuni 1 oy davomida berish kerak.
Takroriy qabul qilish kursi 1-3 oydan keyin oʻtkaziladi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Diareya , bosh og’rig’i va terida toshmalar kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda.
— Qandli diabetda qoʻllash mumkin emas
— A va D vitamini organizmda ko’p bo’lganida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
Dorixonadan pikovitni olganingizda ustida necha yoshdan qabul qilish mumkinligi raqam bilan ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan +1 degani 1 yoshdan boshlab qabul qilinadi degani.
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Sloveniya
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali
