Poʻlat Moʻmin (1922–2003)

DO`STLARGA ULASHING:

Poʻlat Moʻmin adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U oʻzining quvnoq sheʼrlari, zavqli qoʻshiqlari, qiziqarli dostonlari va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biriga aylangan edi.
U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik qiladi. 1948–1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951–1952 yillarda Oʻzbekiston Davlat nashriyoti bolalar adabiyoti boʻlimining mudiri boʻlib ishlaydi. 1954–1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962–1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida xizmat qiladi.
1949 yilga kelib uning “Sayrang, qushlar” nomli ilk toʻplami chop etiladi. Ketma-ket “Boʻl tayyor!”, “Tish choʻtkasi ertagi” (1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar” (1960), “Aql qayerda boʻlar?” (1962), “Oltin nay” (1967), “Rahmatga rahmat” (1969), “Eson va omon” (1971), “Odob va oftob” (1971), “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Gul va piyoz”, “Kuldi xiyol”, “Men sevaman, sen sevasanmi?”, “Oltin boshoqlar”, “66 oltin qoʻl”, “Ertakdan ertakka” (1990), “Fardlar kitobi” (1993) va boshqa toʻplamlari nashr etildi. Uning “Bolajon, bolajonim” kitobi 2004 yilda kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu toʻplamlarning hammasida yoshlarning begʻubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.
Poʻlat Moʻmin dramaturg sifatida ham “Qovoqvoy va Chanoqvoy” (1970), “Suqatoy va Konfetoy”, “Bahodirning jasorati” kabi asarlarini yaratgan.
U, ayniqsa, mohir qoʻshiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning “Indamadi”, “Onadur ul, onadur”, “Senga bir gap aytaman” kabi oʻnlab qoʻshiqlari oʻzining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan oʻrin olgan.
U mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga oʻgirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Poʻlat Moʻminning adabiyotimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangan. U 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

14 комментариев к “Poʻlat Moʻmin (1922–2003)”

  1. Уведомление: snel geld verdienen met sex chats vacatures zonder web cam

  2. Уведомление: สล็อตวอเลท

  3. Уведомление: Chillwell Portable AC reviews

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: เงินด่วนทันใจ

  6. Уведомление: you can check

  7. Уведомление: Cupra Formentor Forum

  8. Уведомление: disable screenshot

  9. Уведомление: Plus d'informations

  10. Уведомление: pour plus d'informations

  11. Уведомление: sbobet

  12. Уведомление: go to this web-site

  13. Уведомление: chocolate punch bar

  14. Уведомление: ice cream cake strain

Комментарии закрыты.