Poʻlat Saidqosimov haqida

DO`STLARGA ULASHING:

O‘ZBЕKISTON XALQ ARTISTI
(1931)
Iste’dodli teatr va kino aktyo¬ri Po‘lat Saidqosimov 1931 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. Ijodiy faoliyatini 50 yillarda Hamza nomidagi otaxon teatr (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida boshlagan. Odil Yoqubovning ilk sahna asari asosida yaratilgan «Olma gullaganda» spektaklidagi Mashrab aktyorning dastlabki mustaqil rollaridan biri hisoblanadi. Katta ixlos va mehr bilan ijro etilgan bu rolda aktyor yosh agronom olimning o‘z kashfiyotini ro‘yobga chiqarish borasidagi qiyinchiliklari, ichki kechinmalarini ishonarli ifoda etdi. Birinchi muvaffaqiyatdan ruhlangan Po‘lat Saidqosimov teatrda sahnalashtirilgan asosiy spektakllarda bosh rollarni ijro etib, san’at olamida o‘z ijodiy o‘rnini topdi, madaniy jamoatchilikning e’tiborini qozondi. Shu o‘rinda u yarat¬gan Abdullatif («Mirzo Ulug‘bek»), Gersog («Hamlet»), Ilyos («Sarviqomat dilbarim»), Karimjon («Ayajonlarim»), Salimboyvachcha («Qutlug‘ qon»), Qosimbek («Yulduzli tunlar»), Avrangzeb («Zebunniso») kabi obrazlarni eslash joizdir. Serqirra ijod sohibi Po‘lat Saidqosimov ijodini kino san’atisiz tasavvur etish qiyin. Uning «O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan «Abu Rayhon Beruniy», «Hamza», «Muhabbat mojarosi», «Ilondan saqlaning», «Tong otguncha», «Otamdan qolgan dalalar» kabi badiiy filmlarda yaratgan yetuk, to‘laqonli obrazlari katta e’tiborga molikdir. «Abu Rayhon Beruniy» badiiy filmidagi Beruniy ob¬razi kinoda akter yaratgan obrazlarning gultoji hisoblanada Po‘lat Saidqosimov hayotda bir so‘zli, va’dasiga vafo qiladigan inson. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: «Tabiatan dangalchiman, bo‘ladigan gapni yaxshi ko‘raman, mayda-chuyda g‘iybatlardan nafratlanaman. Xushomadga toqatim yo‘q, hasadgo‘y, yolg‘onchi odamlarni yomon ko‘raman». Aktyor xarakteridagi shu fazilatlar u yaratgan obrazlarga ham ko‘chgan. Bu ayniqsa, Odil Yoqubovning «Diyonat» romani asosida surat¬ga olingan videofilmdagi Otaqo‘zi obrazida yarq etib ko‘zga tashlanadi. Videofilmni tomosha qilar ekanmiz, o‘z so‘zida qattiq turadigan, adolatsizlikka chiday olmaydigan, chapani, chapdast Otaqo‘zi xuddi Po‘lat Saidqosimov ijrosiga atab yozilgandek tuyuladi. Otaqo‘zi obrazi aktyor ijodida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. P.Saidqosimov yaratgan «Qutlug‘ qon» videofilmidagi Mirzakarimboy, «Ulug‘bek xazinasi» videofilmidagi Abdullatif kabi obrazlar haqida ham faqat iliq fikrlarni aytish mumkin. Kitob nashrga tayyorlanayotgan davrda tavallud topgan kunining 70 yilligini nishonlayotgan, hamon ijodiy izlanishda bo‘lgan Po‘lat Saidqosimovning serqirra va sermazmun ijodi munosib takdirlandi. U «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Mustaqilligimizning 10 yilligi munosabata bilan esa «El-yurt hurmata» ordeni bilan mukofotlandi.

Оставьте комментарий