Po‘lat Bobojonov haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Nima uchun mashhur?
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant. «Do‘stlik» va ikkinchi darajali «Shon-sharaf» ordenlari bilan taqdirlangan. Prokurorlar orasida «murosasiz nemis» va «buzilmaydigan rus» taxalluslari bilan tanilgan.
Qanday mashhur bo‘lgan?
1961 yili 1 yanvar kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Otasi Razzoq Bobojonov nufuzli rahbarlardan biri bo‘lib, 1980 yillarda Bog‘ot tumanining birinchi kotibi edi. Onasi Enagul Masharipova esa Bog‘ot viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. O‘quvchilik yillaridayoq Po‘lat tuman kutubxonasidagi barcha kitoblarni o‘qib tugatgan. 1977 yili ToshDUning huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirib, 1982 yili universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan yagona bitiruvchi bo‘lgan. 1982-1983 yillarda Gurlan tuman prokurorining yordamchisi, 1985-1992 yillarda Xorazm viloyat prokuraturasi umumiy nazorat bo‘limi boshlig‘i, Gurlan tuman prokurori lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyat hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas’ul xodimi vazifalarda faoliyat yuritgan. 2000-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, 2005-2006 yillarda Bosh prokuratura huzuridagi valyuta jinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, keyinchalik Jizzax va Buxoro prokurori, Xorazm viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Bu yillarda u xalq ishonchini qozonib, muammoni adolatli hal qiladigan mulozim sifatida tanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi farmoniga ko‘ra, Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vaziri etib tayinlanadi. Vazirga 2019 yil 14 yanvarda general-leytenant unvoni berilgan.
Mashhur nima deydi?

«Agar jamiyatda qonun ustuvorligi ta’minlanmasa, odamlar nafaqat bugungi, balki ertangi kunga bo‘lgan ishonchlarini yuqotadi. Agar shaxsiy manfaatlar ustuvor bo‘lsa, korruptsiya ildiz otadi, natijada mamlakat inqirozga uchraydi. Har qanday ongli kishi bunday mamlakatni tark etish imkoniyatini qidiradi».

«Korruptsiya masalasiga hech kim befarq bo‘lmasligi, hamma birgalikda jamiyatdagi korruptsiyani yo‘q qilishi kerak».

«Endi eskichasiga ishlab bo‘lmaydi. Kabinetda o‘tirib buyruqbozlik qilish zamoni o‘tdi. Rahbar xalqning ichida bo‘lishi, uning dardu tashvishini yaxshi bilishi, xuddi o‘z dardu tashvishi deb bilishi lozim».

new.fikrat.uz

Оставьте комментарий