Qanday arzon aviachipta topsa bo’ladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday arzon aviachipta topsa bo’ladi?

O‘zbekistonda milliy aviakompaniya tomonidan sotuvga qo’yilgan chiptalar narxini arzon deb bo‘lmaydi, lekin tejash uchun variantlar bor.

1) Chiptalarni oldindan sotib oling, masalan, avgust oyida Toshkent-Moskva $386 bo’lsa, dekabrda chiptani $213 olish mumkin.

2) “Peresadka”lar bilan uchish to’g’ridan-to’g’ri uchishga nisbatan arzonroq. Masalan, siz Yevropaga Riga orqali uchishingiz mumkin va u yerda arzon chiptalar sotib olasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarga qaraganda ancha arzon bo‘ladi.

— Avgust oyida Toshkent-Frankfurt $704;
— “Peresadka” bilan $162 tejaymiz va Rigani aylanib o‘tishimiz mumkin:
• Toshkent — Riga $387
• Riga-Frankfurt $155