Qishda iste’mol qilish foydali

DO`STLARGA ULASHING:

Mandarin
Barcha sitrus mevalar kabi mandarin ham C va A vitaminlariga juda boy. Uning po‘stlog‘ida to‘planadigan xushbo‘y efir moyi kayfiyatni ko‘taradi, jigarni mustahkamlaydi va yog‘ bosishining oldini oladi. Lekin mandarin allergiya chaqiruvchi meva bo‘lgani uchun allergiyaga moyil insonlarga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, sitrus mevalarni aksariyat dorilar bilan bir vaqtda iste’mol qilib bo‘lmaydi. Sitrus mevalar jigar va ingichka ichakdagi fermentlar faoliyatini kuchaytirib yuboradi, buning oqibatida dorining ta’sir qilish muddati cho‘ziladi. Shuning uchun bunday paytda preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib olish kerak.
Dukkakli o‘simliklar
Dukkakli o‘simliklar oqsilning koni bo‘lishi bilan birga ortiqcha kaloriyasiz, to‘yimli yegulik hisoblanadi. Ular qonni va butun organizmni tozalashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ularning tarkibida kaliy, marganets hamda B vitaminlari ko‘p. B vitamini yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, organizmdan ortiqcha suvlarni chiqarib yuborishga yordam beradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi.
Anor
Anor tarkibida A, V, S, Ye, R vitaminlari, kalsiy, magniy, kaliy, marganets, kobalt mikroelementlari mavjud. Bu meva charchoqni qoldirish va kasallikdan keyin quvvatni tiklash xususiyatiga ega. Ko‘plab tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, anor ko‘krak saratonining oldini olishda eng samarali tabiiy vosita ekani aniqlandi.
 
Xurmo
Xurmo kaloriyali meva bo‘lishiga qaramasdan ozishga yordam beradi. Uning tarkibida A, B, C, RR vitaminlari, kaliy, natriy, temir, kalsiy, magniy mikroelementlari bor. Shuningdek, u yuzni tiniqlashtirish, kayfiyatni ko‘tarish xususiyatlariga ega. Xurmo tarkibidagi kaliy yurak, tomir va asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kuniga 3-4 tadan xurmo iste’mol qilish qon bosimini me’yorda saqlashning tabiiy usullaridan biri. Xalq tabobatida xurmo oshqozon kasalliklari uchun ham qo‘llaniladi.
Sarimsoqpiyoz
Sarimsoqpiyozdan turli infeksiyalarga qarshi tabiiy vosita sifatida ham foydalanish mumkin. U qonni suyultiradi va buning natijasida immunitet tizimi mustahkamlanadi. 10 gramm yangi sarimsoqpiyozning tarkibida 0,06 gramm yog‘ va 2,97 gramm uglevod bo‘ladi. Tekshiruvlar natijasidan ma’lum bo‘lishicha, bu mahsulot saraton hujayralari rivojlanishini sekinlashtiruvchi, hatto o‘smani kichiklashtiruvchi xususiyatga ega ekan. Sarimsoqpiyozning tarkibida qon-tomir va terining qarish jarayonini sekinlashtiradigan E va C vitaminlari bor. Uni muntazam iste’mol qilib borish qon bosimini me’yorda saqlashga va xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Foydali jihatlaridan yana biri, og‘riyotgan tishga sarimsoqpiyoz bo‘lagi qo‘yilsa, og‘riqni qoldiradi.
Yana o‘qing:  Rozmarin dorivor o‘simligi
Mirjalol Madvaliyev
tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/qishda-istemol-qilish-foydali/

Оставьте комментарий