Qon guruhi va xarakter

DO`STLARGA ULASHING:

Qon guruhi kishining xarakteri va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Psixologlar millionlab insonlarning hayotini o‘rganib, qon guruhi bo‘yicha odamlarning xarakter ko‘rinishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.
I guruh – Siz liderlikka o‘chsiz. Oldingizga qo‘ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaysiz. Olg‘a harakat qilishda to‘g‘ri yo‘nalish belgilay olasiz. O‘z kuchingizga ishonasiz, lekin ehtirosli holda emas. Kamchiliklaringiz ham bor. Siz o‘ta rashkchi va shoshqaloqsiz. Bundan tashqari, juda izzattalabsiz.
Ijobiy tomoni: rostgo‘y, jozibador, kelishgan qaddi-qomatli, kek saqlamaydigan, keng va hur fikrlisiz.
Salbiy tomoni: qizg‘anchiq, betgachopar, hissiz.
II guruh – Siz osoyishtalik va tartib-intizomni yaxshi ko‘rasiz. Odamlar bilan yaxshi ishlay olasiz. Bundan tashqari, ta’sirchan, madaniyatli va ochiqko‘ngilsiz. Kamchiligingiz – o‘jarligingiz va asablaringizni boshqara olmasligingizdir.
Ijobiy tomoni: ishonchli sherik, do‘st, har doim hamkor bo‘la olasiz.
Salbiy tomoni: manman va qiziqqonsiz.
III guruh – Siz o‘z xohishingiz bo‘yicha ish qiladigan insonsiz, shaxsiyatparastsiz. Hamma narsaga tez moslasha olasiz. Xayolparastlikdan uzoqsiz. Lekin sizni o‘zboshimchaligingiz ba’zan pand berishi mumkin.
Ijobiy tomoni: qiziquvchan, ijodiy imkoniyatlari keng, hayvonlarni yaxshi ko‘radi.
Salbiy tomoni: xotirasi sust, mas’uliyatsiz, dangasa.
IV guruh – Siz tinch va xotirjamsiz. Kishilar sizni sevadi va yoningizda o‘zlarini erkin his qiladilar. Ularning vaqtlarini chog‘ qilishni bilasiz va bir vaqtning o‘zida atrofdagilarga odobli va adolatlisiz. Lekin ayrim paytlarda qiziqqonsiz. Ba’zan uzoq vaqt ikkilanib, qaror qabul qilishga qiynalasiz.
Ijobiy tomoni: vazmin, bosiq, sog‘lom fikrli, mehrli insonsiz.
Salbiy tomoni: beparvo, qat’iyatsiz, kek saqlovchi, ba’zida sevgiga xiyonat qilishingiz ham mumkin.
Manba: Navoiypress gazetasi

Оставьте комментарий