Reklamaga video olib pul ishlash

DO`STLARGA ULASHING:

Reklamaga video olib pul ishlash

Bu soha shunday soha-ki, uni avtomatlashtirish qiyin. Unda odamlarni torta bilish va kreativlik birinchi o’rinda turadi.

#Vazifangiz:
– Video montajchi, rejissor, operator, grimyor, kamera ustasidan iborat jamoa tuzasiz. Har xil yangi brendlar uchun reklama roliklari olib berasiz. Reklama roligingiz 1–2 daqiqalik yo undan ko’proq bo’lishi mumkin. Unda siz kreativlik bilan shu brendni xalqqa yetkazib berasiz.

#Xarajatlar:
– Ishni eng boshida oddiy kamera bilan o’zingiz hamma ishni qilasiz. Ozgina portfolio yig’ib olganingizdan keyin jamoa shakllantirasiz.
Ishchilaringizga har bir rolikka boshida 500-1000$ gacha berishingiz mumkin.

#Daromad:
– Hozirda o’rtacha videoroliklar 200$–700$ gacha ham baholanishi mumkin. Lekin professional bo’lganingizda kamida 5000$ gacha rolik ishlashingiz mumkin. Hattoki chet el brendlari nazariga tushsangiz ular ham ishingiz bilan qiziqishi mumkin.

Оставьте комментарий