SEFOTAKSIM antibiotiki

DO`STLARGA ULASHING:

Sefotaksim antibiotiki

#Сефoтakсим антибиотики

💊DORI SHAKLI 👇

Vena ichiga va mushak ichiga inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

💊TARKIBI 👇

Faol modda: sefotaksimga qayta hisoblanganda sefotaksim natriy 0,5 gr va 1 gr dozada.

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Sefalosporinlar (Beta-laktam)

(3-avlod). Antibiotik vosita.

💊QO’LLANILISHI 👇

— Sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklarida.

— Markaziy nerv tizimi (meningit), nafas yoʻllari va LOR-aʼzolari, siydik chiqarish yoʻllari, suyaklar, boʻgʻimlar, teri va yumshoq toʻqimalar, kichik chanoq aʼzolarining infeksiyalari, gonoreya, infeksiyalangan yaralar va kuyishlar, peritonit, sepsis, abdominal infeksiyalar, endokardit, Laym kasalligi (borrelioz), salmonellyoz, immun tanqisligi fonidagi infeksiyalar, jarroxlik operatsiyadan keyingi infeksiyalarni (shu jumladan, urologik, akusher-ginekologik, meʼda-ichak yoʻllari) oldini olishda qoʻllanadi.

💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇

Preparat vena ichiga (oqim bilan va tomchilab) va mushak ichiga yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni 50 kg va ortiqroq boʻlganida).

Asoratlanmagan infeksiyalarda, hamda siydik chiqaruv yoʻllarining infeksiyalarida m/i yoki v/i 1 g dan har 8-12 soatda.

Asoratlanmagan oʻtkir gonoreyada m/i 1g dan bir marta.

Oʻrtacha ogʻirlikdagi infeksiyalarda m/i 1-2 g dan har 12 soatda.

Infeksiya ogʻir kechganida, masalan meningitda ­ v/i 2 g dan har 4­8 soatda, maksimal sutkalik doza ­ 12 g.

Davolash kursini davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi.

Infeksiya rivojlanishini oldini olish maqsadida, jarroxlik operatsiyadan oldin kiritish narkozi vaqtida 1 g bir marta yuboriladi. Zarur boʻlganida yuborish har 6-12 soatda takrorlanadi.

Chala tugʻilgan chaqaloqlar va 1 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 12 soat, 1­4 haftalik chaqaloqlarga ­ v/i 50 mg/kg dan har 8 soatda yuboriladi.

1 oylikdan katta bolalarga (vazni 50 kg gacha boʻlgan) ­ v/i yoki m/i (2,5 yoshdan oshgan bolalar) 50-180 mg/kg 4-6 yuborishga buyuriladi. Infeksiyani ogʻir kechishida, shuningdek meningitda, bolalarda sutkalik dozani 100-200 mg/kg gacha oshiriladi, m/i yoki v/i 4­6 qabulda buyuriladi, maksimal sutkalik doza – 12 g ni tashkil qiladi.

V/i infuziya uchun eritma sifatida 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi ishlatiladi infuziya davomiyligi 50­ — 60 minut.

Vena ichiga yuborish uchun 10 ml natriy xlor eritmasida eritib , yuborishingiz mumkin.

Mushak orasiga esa novokain va lidokain eritmalarida eritib yuborishingiz mumkin.

🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Bosh og’rig’i va bosh aylanishi .

— Anemiya , ko’ngil aynish va qusish.

— Qorinda dam bo’lishi va jigar faoliyatini buzilishi.

— Ichaklar mikroflorasining buzilishi kuzatilishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKIN EMAS HOLATLAR 👇

— Sefotaksim va boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.

— ­Lidokain yoki boshqa mahalliy turdagi anestetiklarga yuqori sezuvchanlikda.

­ — Ritm boshqaruvchisi oʻrnatilmagan yurakning ichki blokadasi.

— ­ Ogʻir yurak yetishmovchiligida .

—­ 2,5 yoshgacha boʻlgan bolalar (mushak ichiga yuborish usuli) da qoʻllash mumkin emas.

— Disbakterioz holatlarida qo’llash tavsiya qilinmaydi.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Yosh bolalarga va homiladorlarga shifokor maslahati va belgilagan dozani qo’llash buyuriladi.

💥Antibiotikni qo’llashdan oldin teri ostiga sinama (probadan keyin qo’llang) o’tkazing . Maqsad allergik reaksiyani oldini olish uchun.

💉Qo’llash — retsept bilan.

💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,, ТАБЛЕТКА » kanali

 

Оставьте комментарий