Shafoat Rahmatullayeva Biografiyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Shafoat Rahmatullayeva 1941 yil 4 yanvar sanasida Farg’ona viloyatining Furqat tumanida tug’ilgan.
 
Aktrisa o’rta maktabni tugatgandan keyin Qo’qondagi ayollar pedagogika bilim yurtida tahsil olgan va o’qishni tamomlab maktabda o’qituvchi sifatida bir muddat ishlagan. 
Shafoat Rahmatullayeva keyinchalik aktrisalikka bo’lgan qiziqishi tufayli poytaxtga kelgan hamda Toshkentdagi  teatr va rassomchilik sa’nati oliygohining musiqali drama bo’limiga o’qishga kirgan.
 
Ushbu oliygohni tamomlagach o’z faoliyatini Sirdaryodagi teatrda boshlagan.Bu teatrda u ko’p yillar faoliyat yuritgan va o’nlab spektakllarda mashxur obrazlarni ijro etgan.Keyinchalik aktrisa  ma’lum sabablarga ko’ra faoliyatini Qo’qon teatrida davom ettirgan.
 
Shafoat Rahmatullayeva kinoga 1972 yilda «Mehrobdan chayon» filmidagi epizodik roli bilan kirib kelgan.Uning kinodagi eng katta roli 1987 yilda suratga olingan «Oq bino oqshomlari» filmidagi ona obrazi bo’lgan.
Ushbu aktrisa hozirgi tomoshabinlarga «Sevginator»,»O’zimdan o’zimgacha»,»Hay Fay bolakay»,»Sehrli qalpoqcha» va «Ayg’och kampir» kabi o’nalab filmlardagi rollari orqali yaxshi tanish.
 
Shafoat Rahmatullayeva san’at sohasida o’zining ko’p yillik faoliyati orqali 1992 yilda «O’zbekiston xalq artisti» unvoni hamda bir necha yil oldin «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
Shafoat Rahmatullayeva Biografiyasi
Shafoat Rahmatullayeva Biografiyasi
 
Bugungi kunda ushbu aktrisa 78 yoshda bo’lib, o’z ish faoliyatini,  Qo’qondagi Xamza nomidagi musiqali drama teatrida davom ettirib kelmoqda.

12 комментариев к “Shafoat Rahmatullayeva Biografiyasi”

  1. Уведомление: check that

  2. Уведомление: maxbet

  3. Уведомление: citas mujeres

  4. Уведомление: What is DMT?

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: burnley escorts

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: Key Wall Safe

  9. Уведомление: chocolate magic bars recipe

  10. Уведомление: Discover More

  11. Уведомление: เว็บสล็อต

  12. Уведомление: produse naturiste pentru caderea parului dupa chimioterapie

Комментарии закрыты.