ShAFTOLILI TORTLAR TAYYORLASH ENG OSSON USULLARI

DO`STLARGA ULASHING:

 

Masallitslar:

100 gr shakar kukuni, 100 gr saryog, 6 dona tuxum, 60 gr tozalab tuyilgan bodom, tsaymotsni ko’pirtirish uchun 40 gr shakar kukuni, 80 gr un, shaftolidan tayyorlangan djem murabbo, ko’pirtiril- gan tsaymots, yopilgan shaftoli (shaftoli sharbati, murabbo).

ShAFTOLILI TORT  Tayyorlanish usuli:

Shakarni yog’ bilan birga quyuq holga kelguncha, muntazam aralashtirib turgan holda tuxum sarig’i va bodom qo’shib boriladi; barcha masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi. Quyuq holgacha ko’pir- tirilgan tuxum oqini shakar va un bilan aralashtirishadi. Tort uchun mo’ljallangan shaklga yog surtib, un sepiladi va ichiga qorilgan xamir solinib, o’rtamcha qizdirilgan duxovkaga qo’yib pishiriladi. Tayyor bo’lgan tortni sovutib, eniga, ikkita bir xil qalinlikdagi bo’laklarga bo’lib ikkala tarafga bir xil qilib shaftoli murabbosi yoki djemi surtiladi. Tortning usti qaymoq va konservalangan shaftolilar bilan bezatiladi.

(Visited 484 times, 2 visits today)

Оставьте комментарий