Shavkat Rahmon (1950–1996)

DO`STLARGA ULASHING:

Shavkat Rahmon 1950 yil 12 sentyabrda Oʻsh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966 yili oʻrta maktabni bitirgach, qurilishda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishladi.
1973 yili Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim boʻlib ishladi.
Shoirning dastlabki sheʼrlari Oʻsh viloyati gazetalarida bosildi. 1978 yilda “Rangin lavhalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shundan soʻng “Yurak qirralari” (1981), “Ochiq kunlar” (1983), “Gullayotgan tosh” (1984), “Uygʻoq togʻlar” (1986), “Hulvo” (1988) kabi qator sheʼriy toʻplamlari bosilib chiqdi. Shavkat Rahmon oʻz qoʻli bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan “Saylanma”sini (1997) koʻzdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatori xastalik damlarida bitilgan soʻnggi sheʼrlariga ham duch kelasiz. Eng oxirgi sheʼrlaridan birida:
Ayt, ey xasta bulbulim,
Oʻshga qachon yetamiz?
Yashil bogʻlar sargʻardi,
Magʻiz boʻldi gujumlar.
 
deya mahzun satrlar bitadi.
Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Garsiya Lorkaning goʻzal sheʼrlarini rus va ispan tillaridan oʻzbek tiliga oʻgirib, ikki marta nashr ettirdi (1979,1989), oʻzbek oʻquvchisining maʼnaviy dunyosini boyitishga munosib hissasini qoʻshdi.
Shavkat Rahmon sheʼriyati oʻtgan asrning 80-yillarida oʻzbek adabiyotida kuchli toʻlqin tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkor ruhdagi asarlar sirasiga kiradi. U uzoq davom etgan ogʻir xastalikdan keyin 1996 yil kuzida 47 yoshida olamdan oʻtdi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

15 комментариев к “Shavkat Rahmon (1950–1996)”

  1. Уведомление: Emmaroses Livejasmin

  2. Уведомление: automation test tool

  3. Уведомление: DevOps Service Providers

  4. Уведомление: stucco fresno

  5. Уведомление: Are magical mushrooms good for health?,

  6. Уведомление: nova88

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: how to make residual income

  9. Уведомление: cvv dumps sites

  10. Уведомление: Investment opportunities

  11. Уведомление: buffalo trace kentucky straight bourbon whiskey

  12. Уведомление: tu peux vérifier

  13. Уведомление: best puppies for sale

  14. Уведомление: Duurzaam Spelen

  15. Уведомление: tv sizes best

Комментарии закрыты.