Siz kechira olasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Gina, jahl, xafalikni unutib, kimnidir kechira olish katta jasorat! Kimdir esa xotiralariga yopishib olsa, yana kimdir osongina kechirib ketadi. Siz-chi, tez kechira olasizmi? Qalbingizda gina saqlamaysizmi? Ushbu ruhiy test sizning nechogʼli kechirimli ekanligingizni aniqlab beradi.
Javoblarga beriladigan ballar: a) — 4 ball, b) — 3 ball, v) 2 ball, g) — 1 ball.
1. Kimdir oyogʼingizni bosib olsa nima qilasiz?
a) uzr soʼrasa kechiraman,
b) nariroq surilaman,
v) tanbeh beraman,
g) javobiga uning ham oyogʼini bosaman.
2. Sevimli insoningiz sizni tashlab ketib, soʼng toʼyiga taklifnoma yuborsa nima deb javob berasiz?
a) unga baxt tilayman,
b) xoʼrsinib qoʼyaman,
v) uning bu ishini surbetlik deb qabul qilaman,
g) menga azob berish uchun atayin qildi, deb jaxl qilaman.
3. Bir paytlar hayotingizni zaxarlagan sobiq sinfdoshingiz siz rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga kirmoqchi. Siz qanday yoʼl tutasiz?
a) ochiqchasiga ustidan kulaman,
b) oʼtgan ishga salovat, deb yordam beraman,
v) uni tabassum bilan kutib olaman,
g) birinchi suhbatdayoq yiqitishga harakat qilaman.
4. Besh yildan buyon koʼrisholmagan qadrdoningizni uchratib qoldingiz…
a) «besh yil bir pasda oʼtib ketibdi-ya!»,
b) eng muhimi uchrashuv,
v) koʼrinmay ketgani bilan qiziqaman,
g) «eski munosabatlarni kavlab nima qilaman?»
5. Turmush oʼrtogʼingiz sizga kelgan maktubni ochib oʼqidi, siz nima deysiz?
a) «mabodo choʼntaklarimniyam ochib bermayinmi?»,
b) «bu shunchaki xat, lekin…»,
v) «bu menga kelgan maktub edi-ku»,
g) «bundan keyin qanday qilib sizga ishonaman?»
6. Ishsiz akangiz xarajatlaringizdan jaxli chiqyapti…
a) «u menga xasad qilyapti»,
b) unga rahmim keladi,
v) muloyimlik bilan tushuntiraman,
g) portlab ketaman.
7. Siz uchun kechirishda eng qiyini — bu…
a) birovga jaxl qilmaslik,
b) birovning taqdirini hal qilish,
v) hayotning yangi varagʼini ochish,
g) birovning aybini kechirish.
8. Sizni azoblagan inson kechirim soʼrasa…
a) jaxlim chiqadi,
b) rahmim keladi,
v) tushunaman,
g) gʼazab otiga minaman.
9. Sizni doimo urishgan, jaxldor va kezi kelganda ustingizdan kulgan muallimingiz kutilmaganda baxtsiz xodisaga uchradi…
a) «xaqiqat bor ekan!»,
b) rahmim keladi,
v) «undan hali beri qutulib boʼlmaydi»,
g) «jazosini olibdi!».
10. Аshaddiy dushmaningizga aytmoqchi boʼlgan gaplaringiz:
a) «sendan nafratlanaman!»,
b) «bir kun kelib yaxshi insonga aylanishinga ishonaman»,
v) «menga boshqa yomonlik qila olmaysan»,
g) «oʼzingga qaytsin!».
Natija:
10-17 ball. Sizni xafa qilganlarni kechira olmaysiz. Qalbingizda gina saqlanadi. Har safar u xaqida eshitganingizda gʼazablanaverasiz. Gʼazabni yengishni oʼrgansangiz, asabiylikdan qutulasiz.
18-24 ball. Sizni xafa qilishsa, avvaliga azob chekasiz, keyin oʼsha odamga baqirib, ginalarni unutasiz. Eng muhimi, siz ginachi emassiz. Harakatlaringizga mulohazalikni qoʼshangiz yanada yaxshiroq boʼlar edi.
25-31 ball. Kechirish siz uchun oson. Oʼch olishni oʼylamaysiz ham. Bu albatta yaxshi, lekin boʼyningizni juda ham egib yubormang. Аks holda obroʼyingizni yoʼqotib qoʼyasiz.
32-40 ball. Tashqi koʼrinishingizdan birovni kechirgandek boʼlasiz-u, qalbingizda alam, gina-kudrat baribir saqlanib qoladi. Hamma sizni olijanob deb oʼylaydi. Аslida esa, unchalik «oppoq» emassiz. Xar qanday vaziyatda ham tilyogʼlamalik qilmay, tilingiz va dilingizni bir qilsangiz xaqiqiy obroʼ-eʼtiborga sazovor boʼlasiz.

Оставьте комментарий