Smartfoningizni blokdan chiqarishga harakat qilgan insonni rasmi bilan joyini aniqlaymiz

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfoningizni blokdan chiqarishga harakat qilgan insonni rasmi bilan joyini aniqlaymiz

Kanalda asosiy postlar kompyuter haqida bo’lmoqda, bu safar smartfonlar xavfsizligi haqida yozaman.

Smartfoningizni yo’qotib qo’ydingiz yoki kimdur siz yo’qligingizda uni blokdan chiqarishga harakat qildi, siz shu holatda o’sha insonni rasmi, agar smartfoningiz yo’qolgan bo’lsa, uni koordinatasini bilib olishingiz mumkin. Bu ma’lumotlar elektron pochtangizga keladi.

Bu ishlarni Android tizimi uchun Lockwatch (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bloketech.lockwatch&hl=ru) ilovasi qilib berishi mumkin. Demak dasturni Play Market orqali o’rnatasiz va quyidagicha sozlaysiz:
1. «Отправить уведомление по email» punktini yoqasiz.
2. «Количество попыток разблокировки» punktida, necha marotaba xato tersa, shu insonni rasmi va koordinatasini jo’natish kerakligini o’rnatasiz.
3. «Отправка email на адрес» punktiga, qaysi e-mail addressga jo’natish kerakligini kiritasiz (Gmail pochtalariga jo’natdi, mail.ru pochtasiga jo’nataolmadi).

Dastur sizdan, administrator ruhsati va ba’zi kataloglarga ruhsat so’raydi, ilovani ishlatmoqchi bo’lsangiz ruhsat berasiz.
Hamma narsa sozlangandan keyin, smartfonga kod qo’yasiz(raqamli kod yoki grafikli kod) va ochishda xato kod tersangiz, smartfon oldi kamerasidan sizni rasmga oladi va o’rnatilgan pochtaga jo’natadi.

Ilova quyi qismida tushuntirish berib o’tilgan, ya’ni:
— rasmga olishi uchun kamida 4 ta raqam(kod) terilishi lozim;
— xato terilgandan so’ng, 10 sekund ichida to’g’risini termasligingiz kerak;
— pochtani kirish bo’limiga mobodo xat kelmasa, spam bo’limidan qidiring(men tekshirganimda asosiy kirish bo’limiga tushdi).

Ko’chirib olish: Play Market (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bloketech.lockwatch&hl=ru) orqali

☝️Ilovani pullik varianti ham bor, agar pul to’lasangiz, sim karta almashganini, o’sha paytdagi ovozni va bir necha rasmlarni jo’natishi mumkin.

?O’zim raqamli va grafikli kod orqali ilovani ishlashini tekshirdim, pochta sifatida gmail pochtani ko’rsatdim, ishlashda muammo bo’lgani yo’q.

Оставьте комментарий