Sochga erta oq tushsa

DO`STLARGA ULASHING:

Soch oqarishi ertami-kechmi, har kimni o’yga toldirishi aniq. Yosh o’tgan sayin boshimizdagi oq sochlar ko’payishi tabiiy hol. Lekin bugun ayrim 20-25 yoshdagi qizlar sochiga tushgan oq toladan ko’p shikoyat qilishadi. Sochga etra oq tushmasin desangiz quyidagi maslahatlarga quloq tuting.
Taomnomaga e’tibor bering! To’g’ri ovqatlanish va sog’lom turmush tarzini olib borish soch oqarishini oldini olishning yana bir oltin qoidasi. Agar sochlaringiz katta tezlik bilan oqarayotgan bo’lsa, unda taomnomangizga jiddiy e’tibor qaratib, ko’p tanovul qiladigan eguliklardan vaqtincha voz keching. Shunda soch oqarishini sababini aniqlash oson kechadi. Mutaxassislar kundalik taomnomasida loviya, ismaloq va sholg’omdan ko’p foydalanadigan kishining sochi tez oqarmaydi deydi. Buni o’zingiz sinab ko’ring. Shuningdek, tarkibida yod ko’p uchraydigan  mahsulotlar ham sochning oqarishiga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanadi.
Sariyog’dan yordam. Oddiy sariyog’ tarkibidagi minerallar ham soch oqarishi jarayonini sekinlashtirib, hattoki rang berishga yordamlashar ekan. Sariyog’ni eritib, soch ildiziga uqalovchi harakatlar bilan surtib chiqing. Muolajani haftada ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.
Stressdan qutuling! Muddatidan oldin soch oqarishining asosiy sabablaridan biri, bu – qattiq tushkunlikka tushish. Doim bir narsani o’ylash, o’zini notinch his qilish va nimadandir qo’rqib yashash, oxir-oqibat stressga olib keladi. Natijada, nafaqat sochlar, balki tana ham aziyat chekishi mumkin. Buning oldini olish uchun o’zingizni bo’sh tutib, muammolaringizni asabiylashib emas, balki tinch ravishta hal qilishga o’rganing. Doimiy ravishta jismoniy tarbiya mashqlarini bajarib, tanangizni chiniqtiring.
Qora choy rang beradi! Qora choy soch oqarishini to’xtatish uchun qo’llaniladigan eng samarali vositalardan biri. Qora choyning foydali xususiyati shundaki, u soch oqarish jarayonini to’xtatish bilan birga, oqargan sochlarga qaytadan rang berib, avvalgi holatiga qaytarishga yordam beradi.  Bir stakan achchiq qilib damlangan qora choyni bir osh qoshiq o’simlik yog’i bilan yaxshilab aralashtirib, soch ildizidan boshlab to uchigacha surtib chiqing. Yaxshi natijaga erishish maqsadida niqobni kuniga ikki mahal qo’llash tavsiya etiladi.
Yana bir usul! Achchiq qilib damlangan bir stakan qora choyni 1 osh qoshiq osh tuzi bilan aralashtiring. So’ng ana shu aralashmani uqalovchi harakatlar yordamida boshga surtib, bir soat kuting. Belgilangan vaqt nihoyasiga etganidan keyin iliq suv yordamida yuvib tashlang. Muolaja bir mahal qo’llaniladi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek