Sosiskali bulochka

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar: 300 gr. un, 1 ta tuxum, 100 gr. margarin, 1 stakan sut va xamirturush, 6 dona sosiska, 150 gr. pishloq, 2 dona tuxum sarig‘i.
Tayyorlanishi: sutga margarin, tuxum, xamirturush solib, yumshoq xamir qoriladi va yarim soat tindiriladi. Xamir yoyilib, 2 sm enlilikda tasma shaklida kesiladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sosiskalar ustiga sepiladi va xamirga o‘raladi. O‘ralgan sosiskali xamirlar ustidan tuxum sarig‘i surib chiqiladi. So‘ng 200 daraja qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishiriladi.
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/sosiskali-bulochka/

Оставьте комментарий