TЕLЕGRAMDA SO‘KINGANLARGA XAM JAVOBGARLIK BORMI.

DO`STLARGA ULASHING:

TЕLЕGRAMDA SO‘KINGANLARGA XAM JAVOBGARLIK BORMI.

✅ SAVOL;
Meni telegramimga bir begona lichkadan begona bir odam doim so‘kinib yozadi. Cho‘rnilab yuborsam xam boshqa lichkadan yozib yana asabimga tegadi. Telegram orqali manashunday haqorat qiladigan shaxslarga xam qonunchilikda javobgarlik bormi ?

✅ JAVOB;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari (5 400 000 so‘m)dan qirq baravari (10 800 000 so‘m)gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.

✏️ Bir shaxs ikkinchi shaxsni telegram orqali haqorat qiladimi, instagram orqali haqorat qiladimi, videogram orqali haqorat qilmaydimi farqi yo‘q. Haqorat qilishmi haqorat qilish tomom. Qonunda yuziga qarab so‘kinganga boshqa, ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilishga boshqacha javobgarlik mavjud emas. To‘g‘ri jinoyat kodeksida internet tarmoqlari orqali haqorat qilganlik uchun og‘irroq javobgarlik belgilangan lekin u javobgarlikni talablari boshqacha.

🟢 Demak siz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘layotgan holat bo‘yicha ariza bersangiz, sizga telegram orqali xaqoratomuz gaplarni yozayotgan shaxs topilib unga yuqoridagi 41-moddada belgilanganidek miqdorda jarima qo‘llanishi mumkin.

✏️ U odamni telegramdan qanday topish, qanday usulda topish, qanday tehnik vositalardan foydalanib topish,tez topish yoki sekin topish va arizani xal qilib yopish bu siz ariza bergan organning muammosi.

Оставьте комментарий