Amir Temur davlatining tashkil topishi
Amir Temur davlatining tashkil topishi Amir Temur O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tashkil qilishda, ma’rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Temur o‘z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida Kesh shahridan Samarqandga ko‘chib o‘tib, uni Movarounnahrning poytaxtiga aylantiradi. Sohibqiron aniq, muloxazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish va uzoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo‘lgan yerda markazlashgan davlat tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan saqlash maqsadida asosini barlos urug‘lari tashkil etgan yengilmas va jangovor milliy qo‘shin to‘zadi, ularga katta imtiyozlar beradi.…