Bahor shamoli (Abdulla Oripov sheri)
Bahor shamoli (Abdulla Oripov sheri) 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Bahor kelayotir, toza, musaffo. Moviy kengliklarda o‘ynaydi shamol. Daralar qo‘ynida zangor bir havo, Tumanli shaharda yotmoqlik malol. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Qoyalar ko‘ksida shodmon, beqayg‘u, Oniy umri bilan sollanar chechak. Bahor, bu — eng toza shabbodadir bu, Bahor, bu — eng toza shamoldir, demak. 🕸🕸🕸🕸🕸🕸🕸 Kengliklar bag‘riga uraman o‘zni, Ko‘zimga ko‘ringay dilbar …