Burhonuddin al-Margʻinoniy (1123-1197)
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom xuquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din va-l-milla[1] va Burhonuddin al-Margʻinoniy[2] nomlari bilan mashhurdir. Burhonudsin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning …