Farosat va farosatsizlik haqida maqollar
Avval — non, keyin in’om. Avval o’z aybingni bil, So’ngra boshqadan kul. Avval o’zingga boq, So’ngra nog’ora qoq. Avval o’yla, keyin so’yla. Azadorni to’yga zo’rlama. Ana-mana deguncha, Yaxshi-yomonni bilgin. Anglamay gapirgan og’rimay o’lar. Aravani ot oldiga chiqarib bo’lmas. Arzimasa arzonga ham olma. Arpani xom o’rma, Kelinni sepsiz ko’rma. Ahmoq bilan gap talashguncha, Moxov bilan uloq …