Mening uyim
Mening uyim. Men va mening uyim, Unda yashar dadam oyim. Akam yana ukam bor, Yashaymiz biz baxtiyor. Keng chiroyli uyimiz, Daraxt gullar ekamiz. Men ham sira tinmayman, O’z hissamni qo’shaman. Ukam bilan qo’l ushlashib, Boraman men bog’chamga, Ustozdan ta’lim olib, So’ng qaytaman uyimga. ✍️: Islomova Mukambar