Oliy ta’lim tizimi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (OO‘MTV) bevosita tasarrufida 31 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shuningdek, boshqa tarmoq vazirliklari tomonidan boshqariladigan bir qator maxsuslashtirilgan OTMlar ham faoliyat yuritib kelmoqda. Masalan: Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida – 4 ta pedagogik institutlar, Sog‘liqni saqlash vazirligida – 7 ta (va yana mazkur OTMlarning viloyatlardagi 7 ta filiali), Qishloq xo‘jaligi vazirligida – 6 ta (shuningdek, ularning Buxoro va Nukusdagi 2 ta filiali), Vazirlar Mahkamasi qoshiqa – 1 ta, Tashqi ishlar vazirligi – 1 ta, Adliya vazirligi – 1 ta, Aloqa va axborotlashtirish vazirligi – 1 (va viloyatdagi 5 ta filial), O‘zbekiston badiiy akademiyasi – 1 ta, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAJK qoshida – 1 ta va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati qoshida – 1 ta Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, oliy ta’lim o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey) va/yoki kasbiy ta’limning (kasb-hunar kolleji) akademik yutuqlariga asoslanadi va o`zida ikki daraja: bakalavr va magistr darajasini mujassamlashtiradi. OO‘MTV o‘quv yilining tashkil etilishi, shu jumladan, o‘quv semestrlarining davomiyligi, imtihonlar topshirish va ta’til muddatini aniqlashtirish uchun mas’ul hisoblanmaydi. O‘quv yili 2 sentabrdan boshlanib, iyunning oxirigacha davom etadi. Yil ikki semestrga bo‘lingan va 10 haftadan 12 haftagacha bo‘lgan muddatni o‘zida mujassamlashtirgan: 1-semestr – sentabrning boshidan yanvarning oxirigacha; 2-semestr – fevralning boshidan iyun oxirigacha, garchi semestrning davomiyligi OTM mavqeyi va o‘qitish […]

Oliy ta’lim tizimi Читать дальше »