Xalil Sulton haqida
Xalil Sulton (1384-1411) (1405-1409) Temuriylardan bo‘lgan Movarounnahr hukmdori. Amir Temurning nabirasi. Mironshohning o‘g‘li. Saroy Mulkxonim (Bibixonim) tarbiya qilgan. 15 yoshli Xalil Sulton Sohibqironning Hindistonga qilgan yurishida (1399-1400) qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Quyi tabaqadan chiqqan Shodimulkka uylanishi bilan Amir Termurning g‘azabiga uchragan, so‘ng kechirilgan. Sohibqironning Xitoyga qilgan yurishida Xalil Sulton qo‘shinning o‘ng qanoti boshlig‘i etib tayinlangan. Amir …