Tana aʼzolari haqida sheʼrlar.

Tana aʼzolari haqida sheʼrlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Tana aʼzolari haqida sheʼrlar.

Til.
Yaxshi yomon soʼzni
Men orqali sozlaysiz.
Shirin achchiq taʼmni
Til bilan sezasiz.

Koʼz.
Ko‘raman men olamni
Ajrataman ranglarni.
Koʼzim nurli chirogʼim
Asrayman uni doim.

Quloq.
Bizlar sezgi aʼzosi
Eshitamiz hammani.
Asrang baland tovushdan
Hatto qattiq sovuqdan.

Tish.
Chaynab berib ovqatni
Ravon qilamiz nutqni.
Tish chiroyli tabassum
Yuvib asra sen doim.

Burun.
Havoni tozalab berar
Hatto changni tozalar.
Undan nafas olamiz
Bizlar sog‘lom boʼlamiz.

Bosh.
Tanamizni boshqarar
Bizni asl boshimiz.
Miyamizni ishlatar
Fikrlaymiz oʼylaymiz.

Oyoq.
Koʼtaradi tanamiz
Bizlar tekis yuramiz.
Oyogʼimiz baquvvat
Olamiz undan quvvat.

Qoʼl.
Bordir mening ikki qoʼlim
Quchoqlayman do‘stlarim.
Ushlayman kitob qalamni
Taniyman soʼng olamni.

Barmoqlar.
Barmoqlarim beshta
Faoldir ishda
Deydi xayr salom
Bizlar oʼsamiz sogʼlom.

Lab.
Tam bilishda yordam berar
Ovqat yesak oʼynab turar.
Rangim qizil muloyim
Do‘stlarga kular doim.

Soch.
Go‘zal toʼlqin sochimiz
Asrar bizni boshimiz.
Parvarishlab turamiz
Bizlar sog‘lom boʼlamiz.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий