Tishlarni gʼijirlatishingizni qanday aniqlash mumkin.

DO`STLARGA ULASHING:

Tishlarni gʼijirlatishingizni qanday aniqlash mumkin.
Tishlarni gʼijirlatish – tibbiyot tilida – bruksizm deb ataladi. Bu organizm oʼzi idrok etmagan xolda jagʼlarni yumish va tishlarni gʼijirlatish odatidir. Odatda bruksizm inson uxlayotganda yoki muxim bir narsaga diqqatini jalb qilgan paytida kuzatiladi. Shu sababli inson bu qiligʼini oʼzi sezmasligi mumkin. Аgarda jagʼlaringizda ogʼriq boʼlsa va tishlar sezgirligini oshganini, ularni sinuvchan boʼlib qolganini va tushib qolayotganini sezsangiz, demak bruksizm Sizni xam chetlab oʼtmabdi degani. Bunday paytlarda bruksizm sababini aniqlash va stomatologga uchrash tavsiya etiladi.
Tishlar gʼijirlatishi sababi nima?
Tishlar gʼijirlatishini sababi quyidagilar boʼlishi mumkin:
• Stress va charchash;
• Аntidepressantlar qabul qilish;
• Uyquning buzilishi;
• Zararli odatlar;
• Notoʼgʼri prikus.
Tishlarni gʼijirlatishning eng bosh sababchisi ichakdagi gijjalar boʼlishi mumkin degan taxminlar mavjud. Аmmo olimlar bu fikrga qoʼshilishmaydi. Ularning fikricha tishlarni gʼijirlatadigan odatingiz boʼlsa darxol borib ichak qurtiga taxlil topshirmasdan, yomon odatlardan qutilishga, boʼshashishga va turli muammolardan chalgʼishga xarakat qilish zarur.
Tishlar gʼijirlatishini qanday yoʼqotish mumkin.
Bruksizmdan qutulish uchun dam olish va chekishni tashlash doim xam yordam bermaydi. Bunday paytlarda davolashning qoʼshimcha usullaridan foydalaniladi:
1. Maxsus moslamalardan foydalaning.
Tishlarni ximoyalovchi «kapa» tishlarga tushayotgan bosimni kamaytiradi va ularning emalini keyincha zararlanishini oldini oladi. Kapani tanlashda stomatolog bilan maslaxatashish talab etiladi.
2. Mashqlar bajaring.
Quyidagi maxsus mashqlarni bajarish jagʼ muskullarini boʼshashtiradi va tishlarni gʼijirlatish odatidan qutulishga yordam beradi.
• Ogʼzingizni xuddi esnagan singari katta oching. Uyalmay ogʼizni kattaroq ochavering va jagʼ muskullarini iloji boricha choʼzilishiga sharoit yarating.
• Ogʼzingizni yumib, ostki jagʼingiz bilan xar ikki yonga 10 martadan qimirlating.
• Ogʼzingizni 8-10 marta katta ochib yoping.
3. Psixologga uchrang
Аgar tishlar gijirlatishining sababi stress va notinchlik boʼlsa, unda oʼz mutaxasisi – psixologga murojaat qiling.

Оставьте комментарий