Tuxumli qaynatma sho‘rva

DO`STLARGA ULASHING:

Kerakli masalliqlar: 350 gramm tovuq go‘shti, 60 g sabzi, 60 g piyoz, 2 bog‘ ko‘kat, 1,5 litr suv, 4-5 dona qalampir, 1-2 dona lavr yaprog‘i, 3 shona chinnigul, ta’bga ko‘ra tuz va murch.

Tayyorlanishi:

  1. Sovuq suvga tovuq go‘shtini solib, o‘rtacha olovga qo‘yiladi.
  2. Piyoz va sabzidan pir nechta bo‘lak qirqib olinib, piyozning qolgan qismiga chinnigul shonasi suqib chiqiladi.
  3. Piyoz va sabzi bo‘lagi quruq tova yoki plitada jizg‘anak qilinadi.
  4. Hamma sabzavotni qozonga solib, sho‘rva qaynashiga yaqin olov paslatiladi va shu holatda 40 daqiqa pishiriladi.
  5. Vaqti-vaqti bilan sho‘rva yuzasida paydo bo‘lgan ko‘pikni olib turish zarur.
  6. Sho‘rva pishishiga 10 daqiqa qolganida lavr yaprog‘i va ko‘katlar solinadi. Shundan so‘ng ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shiladi. Bu vaqtgacha tuxum qaynatib olingan bo‘lishi kerak.
  7. Kosaga o‘rtasidan bo‘lingan tuxumning bir qismi, maydalangan ko‘kat solinib, ustidan qaynoq sho‘rva quyiladi va dasturxonga tortiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

soglom.uz/tavsiya/tuxumli-qaynatma-shorva/

Оставьте комментарий