Tvorogli pirog

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 4 piyola un, 1 piyola shakar, 250 gr. margarin, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi.

Ichiga solinadigan masalliq: 500 gr. tvorog, 4 dona tuxum, 1 piyola shakar, 3 oshqoshiq smetana.

Tayyorlanishi: idishga un, shakar, iste’mol sodasi va margarinni qirg‘ichdan o‘tkazib solinadi. So‘ng bir xil qorishma hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiriladi.

Boshqa bir idishga tvorog, shakar, tuxum va semetana solib, mikser yordamida quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Keyin gaz patnisini yog‘lab, xamirni to‘rtdan uch qismi bir tekisda yoyib chiqiladi. Ustidan esa tvorogli qorishma quyilib, u ham bir tekisda yoyiladi. Uning ustidan esa uvalangan xamirning qolgan qismi sepiladi. Pirog 200 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechida tilla rangga kirgunga qadar pishirib olinadi.

soglom.uz/tavsiya/tvorogli-pirog/

Оставьте комментарий