DO`STLARGA ULASHING:
UY-JOYGA SUBSIDIYA OLISH UCHUN OILANING OYLIK DAROMADI QANCHA BO‘LISHI KЕRAK.
⚡️ Savol; Men uy-joy sotib olish uchun subsidiyaga ariza topshirgan edim lekin meni arizam oylik daromadim kam bo‘lganligi sababli rad qilindi. Shu to‘g‘rimi ?
⚡️ Javob; Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, fuqarolar tomonidan uy-joy sotib olishda davlat budjetidan subsidiya ajratilishi uchun oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
✅ Qishloq joylarda — MHTEKM (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000) dan kam va 6,9 baravari (5 671 800)dan yuqori bo‘lmasligi kerak
✅ Shaharlarda — MHTEKM (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000)dan kam va 8,0 baravari (6 576 000)dan yuqori bo‘lmasligi kerak
✅ Toshkent shahrida — MHTEKM (822 000) ning 3,0 baravari (2 466 000)dan kam va 9,2 baravari (7 562 400) dan yuqori bo‘lishi kerak emas.
✏️ Hayron bo‘lmang bu haqiqat ! Uy-joyning to‘lovini ma’lum qismi davlat tomonidan subsidiya shaklida to‘lab berilishi mumkin lekin, qolgan qismi bu kredit degani. Uzoq yillar davomida siz o‘sha kreditni o‘z vaqtida to‘lab borishingiz kerak degani. Shu sababli ertaga kredit to‘lovini to‘lay olmasdan bank hodimi bilan yoqalashib yurmasligingiz uchun avval boshidan sizni to‘lovga qobilyatlilik darajangiz yuqoridagi miqdorlardan kelib chiqib tekshirib ko‘riladi va shundan keyin sizga subsidiya ajratiladi.