Vitamin C ( askorbinka ) tabletkasi

DO`STLARGA ULASHING:

?Vitamin C ( askorbinka ) tabletkasi — modda almashinuvini normallashtiruvchi va ishtaha ochuvchi dori preparati

#Vitamin C
#Витамин С

?Dori shakli : tabletka

?Tarkibi :

Askorbin kislota — 25 mg.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Vitamin

?Qo’llanilishi

— Vitamin C organizmda kam bo’lganda
— Avitaminozda ( vitamin C umuman orgaizmda bo’lmasligi).
— Jismoniy nagruzkalarda
— Ishtaha yo’qolganda
— Milklar bo’shab tishlar qimirlab qolish holatlarida
— Singa kasalligida
— O’tkir virusli kasalliklarda
— Surunkali infeksion kasalliklarda
—Saratonga qarshi ( ayniqsa nurlanish va kimyotetapiya oqibatida bo’ladigan saraton ning kelib chiqmasligi uchun qabul qilinadi ).
— Allergik reaksiyalar kuchini kamaytiradi.
— Qon tomirlarni baquvvatlashtiradi.
— Moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
— Immunitetni juda aktiv oshiradi.
— Milk qonagan da qabul qilinadi

?Qabul qilish usuli va dozasi

Ichga qabul qilinadi. Tabletka ovqatdan keyin qabul qilinadi. Sutkasiga 3 — 4 tagacha.

?Nojo’ya ta’siri

Ko’p qabul qilganda asosan kuzatilishi mumkin ?

— Bosh og’rigi
— Uyqusizlik
— Ko»ngil aynish , qusish
— Giperatsid gastrit
— Diareya
— Qon bosim oshishi

?Qo’llash mumkin bo»lmagan holatlar :

— Preparatg yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Qandli diabet kasalligi bor kishilar
— Buyrak tosh kasalligi bor bemorlar
— Tromb bor holatlarda
— Talassemiyada

?ESLATMA : Homiladorlik davrida kam qabul qilish kerak . Sutkasiga 2 — 3 tabletkagacha homiladorlarga buyuriladi.

Vitamin C ni xalq orasida yana ,, Askorbinka «ham deydi.

Vitamin C ampula ko’rinishida ham chiqadi ( hamma bilsa kerak).

Оставьте комментарий